Xiaomi Mi Mix 4 suratlarda: to‘rttalik bosh kamerali slayder!

  •   DiMaX
  •  1939
  •  24.07.2019 10:50

Xiaomi Mi Mix 4 suratlarda: to‘rttalik bosh kamerali slayder!

«Xitoycha Apple» shu yilning kuzida Xiaomi Mi Mix 4 smartfonini namoyish etishi kerak. Terabayt.uz saytida u haqdagi ayrim ma’lumotlarni e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xiaomi rahbari: «Bu ikki smartfonni endi kutmay qo‘yavering!»

Internetda kuni kecha yangi smartfonning patent hujjatlaridan olingan suratlar tarqaldi. Ko‘pchilikning fikricha, bu aynan o‘sha Xiaomi Mi Mix 4 modelidir.

Mazkur qurilma bosh kamerasi to‘rttalik bo‘lib, bu sensorlar doirasimon blok ichiga olingan. Yorug‘lik-diodli fotochaqnoq esa ushbu doiraning o‘rtasida yoki undan tashqarida joylashishi mumkin. Aftidan, ishlab chiqaruvchi buning turli variantlarini sinab ko‘rmoqda.

O‘QING: Redmi kamerasi 64 MPlik birinchi smartfonini va unda olingan rasmni e’lon qildi

Mi Mix 4 orqa panelida daktiloskopik skaner ko‘rinmaydi. Demak, Xiaomi ushbu datchikni bevosita ekranning o‘ziga integratsiya qilyapti.

Qurilmaning o‘zi bizga Xiaomi Mi Mix 3 orqali tanish bo‘lgan slayder form-faktoriga ega. Uning old paneli pastga surilganida, ikki modulli selfi-kamera ochiladi.

Hozirgacha global bozorga chiqqan turli rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi ilk bor Fortune Global 500 ro‘yxatiga kirgani sharafiga qirqdan ortiq turdagi gadjetlarini arzonlashtirdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!