Xiaomi Mi TV 4: narxi chaqmasmikan?

  •   Saroy
  •  3229
  •  01.06.2018 11:26

Xiaomi  Mi TV 4: narxi chaqmasmikan?

Xiaomi’ning Xitoyda o‘tkazgan katta taqdimot tadbirida nafaqat flagman smartfonlar namoyish etildi, balki ular orasida   Mi Bond 3 fitnes-bilakuzuklari va Mi TV 4 seriyasidagi eng yirik televizori ham bor edi.

Ushu flagmanga  75-dyuymli, farmati 3840x2160 piksel bo‘lgan 4K HDR displeyi o‘rnatilgan. Panelning eng yupqa qismining qalinligi atigi 11,4 mm. Ichida 64 bitli Amlogic protsessori bor. U to‘rt yadroli ARM Cortex-A53 bo‘lib, 1.8 GGs chastotasida ishlaydi, grafikasi 750 MGs da ishlaydigan Mali-T830. Tezkor xotirasi 2, o‘rnatilgan xotira fleshkasi 32 GB dan iborat.

O‘QING: Xiaomi o‘ta ingichka televizor taqdim etdi

OS sifatida katta o‘zgarishlarni boshdan kechirgan Android ishlatiladi.  Qobig‘ida PatchWall va Xiao AI ovozli yordamchi bo‘lgan  «aqlli» tizim ishlaydi. Faqat shu narsani ham hisobga olib qo‘yish kerakki, bularning barchasi Xitoy tilida amalga oshiriladi.

Televizor korpusi metaldan. orqa tomonda uchta HDMI, ikkita USB-porti AV,Ethernet,S/PDIF va  bizning yurtimizda foydasiz bo‘lgan antenna uchun  DTMB-kirish joylashgan.

Yangi televizor Xitoyda iyun oyidan boshlab savdoga chiqariladi, narxi 1405 dollar atrofida bo‘ladi, deyishmoqda (bu Xitoydagi narx). E’tibor qiling: Sony, Samsung va LG kompaniyalarining shunday diagonaldagi  eng arzon televizorlari  Mi TV 4’dan ikki barobar qimmat turadi.

O‘QING: Millionlab insonlar kutgan Mi Band 3 taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.