Xiaomi nihoyat Mi 10 va yana ikkita gadjetining taqdimot kunlarini rasman e’lon qildi! (+«jonli» rasmlar)

  •   DiMaX
  •  2904
  •  08.02.2020 16:42

Xiaomi nihoyat Mi 10 va yana ikkita gadjetining taqdimot kunlarini rasman e’lon qildi! (+«jonli» rasmlar)

Koronavirus epidemiyasi sababli Xiaomi o‘zining Mi 10 flagmanlarini faqat onlayn formatda namoyish qilishi aytilayotgandi. Qisman shunday bo‘lyapti – kompaniyaning o‘zi taqdimot kunini rasman e’lon qildi. Va nafaqat ularning...

O‘QING: Barcha variantlardagi Xiaomi Mi 10 va Mi 10 Pro’larning aniq narxlari chiqdi: kutilganidan arzon ekan!

Quyidagi tizerga ko‘ra, Xitoy uchun shu yilning 13 fevralida tashkil etildigan onlayn matbuot anjumanida Xiaomi Mi 10 namoyish etiladi.

Rasmiy posterdagi shaklga e’tibor qilsak, Xiaomi o‘sha kuni planshet ham taqdim qilmoqchi.

O‘QING: Mi 10’larni qo‘yaturing, Xiaomi yana bir «bomba» smartfon tayyorlayapti! (+«jonli» rasmlar)

Bundan tashqari, Mobile World Congress 2020 ko‘rgazmasi arafasida – 23 fevral kuni Brselona shahrida Xiaomi Mi 10’larning umumjahon taqdimoti ham o‘tkaziladi:

Posterdagi linzalar Xiaomi Mi 10 flagmanlarining kuchli kameraga ega ekaniga ishoradir.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Pro kamerasida olingan... Xiaomi Mi 10 Pro surati chiqdi!

Insayderlar Xiaomi Mi 10 Pro modelining foydalanuvchi qo‘lidagi «jonli» suratlarini ham e’lon qilishgan:

Qizig‘i shundaki, Xiaomi Mi 10’lar taqdimotidan ikki kun oldin kompaniya Redmi brendi ostidagi yana bitta «kuchli» devaysini ham namoyish etmoqchi:

Bunisi Redmi Note 9 yoki Redmi 9A smartfoni, yoxud Redmi Powerbank tashqi akkumulyatori bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Xitoy regulyatorida Xiaomi’ning yana bir – Mi Mix Fold buklamafoni «qo‘lga tushdi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!