Xiaomi’ning 20 dollarlik yangi gadjeti barchaga asqotadi

  •   DiMaX
  •  2999
  •  06.03.2018 11:09

Xiaomi’ning 20 dollarlik yangi gadjeti barchaga asqotadi

«Xitoycha Apple» nafaqat mobil aloqa qurilmalari va boshqa yirik gadjetlar, balki ular uchun kerakli aksessuarlari bilan ham tanilgan. Va asosiysi – odatda Xiaomi’ning bunday mahsulotlari boshqa barcha ishlab chiqaruvchilarning devayslariga mos tushaveradi.

O‘QING: iPhone’lar va Android-smartfonlar uchun Xiaomi muhim aksessuar yaratdi

Xiaomi’ning shu haftada sotuvga chiqariladigan yana bir mahsuloti – umumiy hisobda 60 vattgacha tok quvvatiga ega bo‘lgan, bir vaqtning o‘zida naq oltita mobil qurilmani zaryadlay oladigan quvvatlash uskunasidir.

Mazkur uskunaning tokni qabul qilish porti 100 voltdan 240 voltgacha diapazondagi kuchlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu degani – quvvatlagichni dunyoning istalgan mamlakatida ishlatsa bo‘ladi. Shuningdek, Xiaomi ta’kidlashicha, bu uskuna iOS hamda Android platformali barcha qurilmalarga mos tushadi. Demak, bu – istalgan xonadonda yoki ofisda juda asqotadigan gadjetdir.

O‘QING: AliExpress: Xiaomi'ning siz eshitmagan 8 mahsuloti

Quvvatlagichning beshta porti to‘liq o‘lchamli USB-A standartida bo‘lib, shulardan bittasi Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ham ega. Oldinchi port esa USB-C (USB Type-C) standartida bo‘lib, u Quick Charge 3.0 hamda USB Power Delivery texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi ushbu quvvatlash uskunasini 7 mart kuni, 20 AQSh dollari narxida savdoga chiqarmoqchi. Balki o‘shanda uni onlayn savdo platformalari orqali O‘zbekistondan turib sotib olish mumkin bo‘lar. Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda tovarlarga «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.