Xiaomi’ning arzon smartfonlaridan biri 60 k/s chastotada Full HD video olishni o‘rgandi

  •   DiMaX
  •  2152
  •  16.08.2018 18:47

Xiaomi’ning arzon smartfonlaridan biri 60 k/s chastotada Full HD video olishni o‘rgandi

Bugungi kunda smartfonlarning kamerasi, foto va video suratga olish imkoniyatlari muhim jihatlardan hisoblanadi. Smartfonsozlar ayrim modellarini kuchli kamera bilan ta’minlab, ba’zi modellarning kamerasini qo‘shimcha dasturiy ta’minot yordamida kuchaytirishmoqda.

O‘QING: Hamyonbop Mi A2'da olingan ilk suratlar sifati – hayratomuz!

Jumladan, Xiaomi kompaniyasi hali taqdimotiga bir oy ham to‘lmagan Mi A2 modeli dasturiy ta’minotining navbatdagi yangilanishida kamera uchun muhim funksiyani ham qo‘shdi. Endi mazkur smartfon soniyasiga 60 kadr chastota bilan 1080p rejimida video ola biladi. Bu rejimda ham elektron stabilizator faoliyati ham saqlanib qoladi va Full HD sifati buzilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Mi A2 bosh kamerasi ikki ob’yektivli: 12 megapikselli IMX486 sensori hamda 20 megapikselli Sony IMX376 sensoridan iborat. Ularning har ikkalasidagi yorug‘lik taqsimlaydigan diafragma f/1.75 standartli, ya’ni – juda ham yaxshi. Xiaomi taqdimotda Mi A2 kamera imkoniyatlarini Samsung Galaxy A8 bilan taqqoslab, o‘z smartfoni bu borada ilg‘or ekanini aytgan.

Selfi uchun ham alohida fotchaqnoqqa va 20 megapikselli old kameraga ega bo‘lgan Xiaomi Mi A2 O‘zbekistonda ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Nokia va Xiaomi’ning ikkita smartfoni allaqachon Android 9.0 Pie’gacha yangilandi. Navbatda qaysilari?