Xiaomi’ning eng romsiz smartfoni videoda: Vivo NEX innovatsiyalariga ega!

  •   DiMaX
  •  1085
  •  14.07.2018 10:35

Xiaomi’ning eng romsiz smartfoni videoda: Vivo NEX innovatsiyalariga ega!

«Xitoycha Apple»ning uchinchi avlod Mi Mix flagmani joriy yilning sentyabrda taqdim etilishi kutilayotir. Internetda uning bir nechta «jonli» suratlari tarqalib ulgurgan.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3 yana bir bor «jonli» suratda namoyon bo‘ldi

YouTube videoxostingidagi Science and Knowledge kanali esa ushbu yangi qurilmaning videroligini tayyorlab taqdim etdi. Aytish kerakki, bu – insayderlar tarqatgan ma’lumotlar va suratlarga tayangan holda ishlab chiqilgan konseptdir. Shunday bo‘lsa-da, u Xiaomi Mi Mix 3 smartfonining dizayni haqida batafsil tasavvur hosil qilishimizga yordam beradi.

Science and Knowledge dizaynerlarining fikricha, mazkur gadjet deyarli romsiz ekranga ega bo‘ladi. Uning displeyida hech qanaqa «kemtik» ham, ekran ostida rom ham qoldirilmaydi. Ushbu flagmanda barmoq izi skaneri ham displeyning o‘ziga joriy etilishi mumkin.

Mi Mix 3 smartfonining displeyi korpusning old yuzasini 99 foizini egallab olishi aytilmoqda. Shuning uchun ham uning old kamerasi, xuddi Vivo NEX devaysidagi singari, korpusning yuqori qirrasi ichidan surilib chiqadi.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3 yangi suratda: romsiz ekran, shisha korpus va USB Type-C porti!

Mana, Science and Knowledge dizaynerlarining tasavvuridagi Xiaomi Mi Mix 3 smartfonini birga tomosha qilamiz:

Xiaomi ushbu flagmanini Android 9.0 P bazasidagi MIUI 10 proshivkasi bilan chiqarishi mumkin.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi global MIUI 10 beta-talqini tarqatilish jadvalini e’lon qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!