Xiaomi’ning yana uchta ommabop smartfoniga MIUI 10 proshivkasi «qo‘sh kamerali» effektini baxsh etdi!

  •   DiMaX
  •  2195
  •  01.10.2018 11:06

Xiaomi’ning yana uchta ommabop smartfoniga MIUI 10 proshivkasi «qo‘sh kamerali» effektini baxsh etdi!

Xabaringiz borki, «xitoycha Apple» o‘zining mobil qurilmalari uchun global MIUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan barqaror proshivkalarni tarqatish jadvalini e’lon qilgan. Shu rejaga ko‘ra, keyingi kunlarda yana uchta rusumdagi smartfon yangi proshivkaga ega bo‘ldi.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi smartfonlarning barqaror global MIUI 10’gacha yangilanish rejasini e’lon qildi!

Yangi proshivkani hamyonbop Redmi 6A modeliga 28 sentyabr kuni tarqatila boshlagandi. Endi esa Xiaomi kompaniyasi Redmi 6 hamda Redmi 5 Plus rusumli qurilmalari uchun ham ushbu apdeytni «havo orqali» jo‘natmoqda.

Aytish kerakki, ushbu MIUI 10 Global Stable ROM proshivkasi asosida Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini yotadi. Xiaomi smartfonlariga ushbu proshivka bir qator yangi imkoniyatlar baxsh etadi. Eng asosiylaridan biri – yakka modelli kameraga ega Xiaomi smartfonlari ham endi portret rejimida – boke effekti bilan suratga ola biladigan bo‘ladi. Ma’lumki, ushbu rejim qo‘shaloq kamerali smartfonlarning muhim imkoniyatlaridan hisoblanadi. Endi esa, MIUI 10 asosidagi proshivkaga ega bo‘lgan arzon Xiaomi telefonlarining ham asosiy, ham old kameralari ushbu xususiyatni o‘zlashtirib olayotir.

Aytish kerakki, Redmi 5 Plus smartfoni Terashop.uz internet-do‘konimizda 1 129 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotilmoqda, ular orasidan rangi, xotira hajmi o‘zingizga ma’qul keladiganini tanlab, shu ondayoq xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Redmi 6A modelini esa 879 000 so‘mdan boshlangan narxlar belgilangan, ularga onlayn buyurtma berish uchun mana bu havola orqali o‘tsangiz bo‘ladi. Redmi 6 rusumli smartfonlar narxi esa 1 119 000 so‘mdan boshlanadi, ularni ko‘rib, sotib olish uchun mana bu havola yordamida onlayn do‘konimizga o‘tiladi.

O‘QING: Terashop.uz’dagi 1 500 000 so‘mgacha narxli Xiaomi smartfonlari (2018 yil 19 sentyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!