Xiaomi o‘ta arzon Redmi 8A Dual smartfonini taqdim etdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  6145
  •  11.02.2020 13:25

Xiaomi o‘ta arzon Redmi 8A Dual smartfonini taqdim etdi! (+video)

«Xitoycha Apple» yaqinda bir sirli mahsulotini MorePowerToRedmi (Yanada yuksak Redmi qudrati) slogani bilan reklama qila boshlagan edi. Nihoyat, bugun Hindistonda bo‘lib o‘tgan tadbirida uni rasman namoyish qildi.

O‘QING: Xiaomi nihoyat Mi 10 va yana ikkita gadjetining taqdimot kunlarini rasman e’lon qildi! (+«jonli» rasmlar)

MorePowerToRedmi deb nomlangan ushbu anjumanda yangi – Redmi 8A Dual smartfoni taqdim qilindi. Bu – o‘tgan yili namoyish etilgan, 100 dollardan ham arzon Redmi 8A modelining yanada yaxshilangan versiyasidir.

Nomidan ko‘rinib turganidek, yangi qurilmaning bulturgi modeldan asosiy farqi – bosh kamerasining qo‘shaloq modulli ekanligidir. Shuningdek, Redmi 8A Dual korpusining yangi ranglari hamda o‘zgacha fakturaga ega ekanligi bilan ham ajralib turadi.

Xiaomi bu smartfonini 6,22 dyuymlik ekran bilan ta’minlagan, uning tasvir aniqligi HD+ formatida (1520x720 piksellik). Displeyning tomchisimon kemtigida 8 megapiksellik old kamera o‘rin olgan. Redmi 8A Dual bosh kamerasi esa 13 hamda 2 megapiksellik datchiklardan iborat. Smartfonni Qualcomm Snapdragon 439 protsessori, 5000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlashgan; u 18 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Biroq qadoqdagi jamlanmaga atigi 10 vattlik quvvatlagich kiritilgan.

O‘QING: Uzoq kutilgan Poco X2 arzon narxda taqdim etildi: siz uni «taniysiz»!

Redmi 8A Dual smartfoni Android 9 Pie operatsion tizim talqini bazasida tayyorlangan MIUI 11 grafik qobig‘i bilan chiqarilgan. Unda barmoq izi skaneri ko‘zda tutilmagan, lekin qurilmani qulfdan chiqarish uchun egasini yuzidan tanib olish funksiyasi mavjud.

Mana, yangi smartfon uchun Xiaomi tayyorlagan rasmiy videorolikni ko‘ramiz:

Hindistonda Redmi 8A Dual savdosi 18 fevraldan boshlanadi; Xiaomi uni uch xil rangdagi korpuslarda, tezkor xotirasi hajmiga ko‘ra ikki variantda taklif etadi. «Operativka»si 2 gigabaytlik varianti uchun 91 AQSh dollariga teng, 3 gigabaytligi uchun esa 98 dollarlik narx belgilangan; har ikkala holatda ham doimiy xotira 32 gigabaytlik.

O‘QING: Xiaomi bu smartfoni narxini yarmidan ham pasaytirdi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.