Xiaomi rahbari «jonli» ko‘rsatdi: Mi 8 Youth emas, Mi 8 Lite ekan, u allaqachon sotuvga qo‘yilgan!

  •   DiMaX
  •  1552
  •  19.09.2018 11:38

Xiaomi rahbari «jonli» ko‘rsatdi: Mi 8 Youth emas, Mi 8 Lite ekan, u allaqachon sotuvga qo‘yilgan!

Keyingi kunlarda Xiaomi kompaniyasining eng katta qiziqish bilan kutilayotgan ikkita devaysi – Mi 8 Youth hamda Mi 8 Screen Fingerprint Edition rusumli smartfonlardir. Ammo endi bulardan birinchisi boshqacharoq – Xiaomi Mi 8 Lite nomi bilan chiqarilishi ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Xiaomi’ning navbatdagi – yoshlarbop Mi 8 Youth Edition flagmani: Snapdragon 710 chipli va 8/128 GB xotirali!

Kompaniya asoschisi va ijrochi direktori Ley Szyun (Lei Jun) o‘zining Weibo tarmog‘idagi sahifasida Xiaomi Mi 8 Lite devaysining «jonli» rasmini e’lon qildi. Unda ikki xil – gradiyent (jilodor) pushti va gradiyent moviy tusli korpuslardagi smartfonlar ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ayni shu apparatning kamerasida tunda olingan suratlar ham e’lon qilingan:

Bundan tashqari, hali taqdim etilmasidan avval Giztop onlayn do‘konida Xiaomi Mi 8 Lite uchun oldindan buyurtma olish ham boshlangan. Smartfon qora, moviy, tillarang va oq korpusli variantlarda sotuvga qo‘yilgan. Uning 4/32 gigabayt xotirali versiyasi uchun 299 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan.

Xiaomi Mi 8 Lite hamda Xiaomi Mi 8 Screen Fingerprint Edition smartfonlari, shuningdek kompaniyaning «sun’iy ong»li yangi «aqlli» budilnigi bir necha soatdan so‘ng rasman taqdim qilinadi.

O‘QING: Xiaomi «aqlli» budilnik namoyish etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.