Xiaomi Routeri MiNET tugmachasiga ega bo‘ldi

  •   Saroy
  •  2083
  •  28.06.2018 13:14

Xiaomi Routeri MiNET tugmachasiga ega bo‘ldi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi Mi Router 4Q routerini namoyish etdi. Bu bilan kompaniya barcha foydalanuvchilarining orzusini amalga oshirdi, deyish mumkin, chunki qurilma juda arzon.

Router maxsus MiNET tugmachasiga ega bo‘ldi, u Wi-Fi qurilmasini  «aqlli» uy va  smart-elektronika bilan qo‘l tekkizish orqali ulashni ta’minlaydi, ya’ni parol kiritishga bundan buyon zarurat qolmaydi.

O‘QING: Xiaomi’ning qaysi gadjeti Mi 8 flagmanidan ham zo‘r sotilyapti?

Qurilmaning  uchta antennasi bor,  Wi-Fi (802.11 a/b/n, 2,4 GGs) bilan qo‘llab quvvatlangan,  3X3 MIMO 450 Mbit/s  tezlikkacha ta’minlangan,  Qualcomm QCA9561 protsessori, 64 MB tezkor xotira va 16 MB flesh-xotiraga ega. Qolaversa, ikkita LAN va bitta WAN port ham ko‘zda tutilgan.

Xiaomi Mi Router 4Q qurilmasi moviy rangda taklif etilmoqda. Uning narxi Xitoyda atigi 14 dollar turadi.

O‘QING: Xiaomi hatto Apple’ni ham dog‘da qoldirdi: 3D-skanerli ilk planshetning «jonli» rasmlari, xususiyatlari va narxlari!

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!