Xiaomi shu oydayoq Galaxy Note 10 «kushanda»sini va yana bir kamerofonini taqdim etadi!

  •   DiMaX
  •  2185
  •  11.10.2019 15:58

Xiaomi shu oydayoq Galaxy Note 10 «kushanda»sini va yana bir kamerofonini taqdim etadi!

Joriy yilning iyunida Xiaomi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) kompaniya muxlislari uchun noxush bir xabarni aytgandi. Ya’ni, u kompaniya endi Mi Max hamda Mi Note turkumidagi qurilmalarni, loaqal bu yil chiqarmasligini ma’lum qilgan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini yanada yaxshilovchi ideal launcher aniqlandi

Ammo endi Xiaomi bu borada o‘z strategiyasini o‘zgartirgan ko‘rinadi. Bugunning o‘zidayoq ikki nufuzli insayder – Ice Universe hamda Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘z Twitter-akkauntlari orqali bir xabarni ulashishdi. Unga ko‘ra, Xiaomi Mi Note turkumi davom etadi, tag‘in uning navbatdagi vakilini shu oydayoq ko‘rishimiz mumkin!

Ushbu yangilikdagi eng muhim ikki nuqta shundaki, kutilayotgan planshetofon Xiaomi Mi Note 10 deb nomlanadi va uni oktyabrning oxirida taqdim etishadi.

O‘QING: Xiaomi va Redmi flagmanlarining «kushandasi» 15 oktyabrda ringga tushadi!

Mazkur kompaniya 24 oktyabrga matbuot anjumani belgilagani, o‘shanda 108 megapiksellik kameraga ega Xiaomi Mi CC9 Pro smartfonini namoyish qilishi haqida ikki kungina avval mish-mishlar tarqalgan edi. Endi esa Mi Note 10 modeli haqida bu gap chiqib turibdi... Kim biladi, balki Xiaomi har ikkala modelini bitta tadbirda tanishtirar...

Ishlab chiqaruvchi yangi qurilmasini Xiaomi Mi Note 10 deb nomlagani bejiz emas, deyishmoqda kuzatuvchilar. Ya’ni, «Xitoycha Apple» bu fabletini Samsung Galaxy Note 10 (sotib olish) flagmaniga raqobatchi sifatida maydonga tushirmoqchi!

Hozircha Xiaomi Mi Note 10 narxi ham, texnik xususiyatlari ham noma’lum, ammo kompaniyaning global sotuvga qo‘yilgan ko‘plab telefonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: «Avtonomlik bo‘yicha chempion» – Redmi 8 taqdim etildi: videosi, narxi va jihatlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.