Xiaomi smartfonlarining 4000 mA/soatlik akkumulyatorlari endi 17 daqiqadayoq butkul to‘ladi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2410
  •  18.04.2019 15:29

Xiaomi smartfonlarining 4000 mA/soatlik akkumulyatorlari endi 17 daqiqadayoq butkul to‘ladi! (+«jonli» video)

«Xitoycha Apple» tezkor quvvatlashning eng ilg‘or – naq 100 vattlik texnologiyasi ustida ishlamoqda. Buni korporatsiya prezidenti Lin Bin (Lin Bin) rasman tasdiqlagan.

O‘QING: RASMIY RO‘YXAT: Android 9’gacha yangilanadigan va yangilangan Xiaomi smartfonlari

Xiaomi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda mazkur texnologiyani ommaviy ishlab chiqarish darajasiga yetkazish uchun ishlar faol olib borilmoqda. Yangicha tezkor quvvatlash texnologiyasini Super Charge Turbo deb atashmoqda. Ammo bunaqa texnologiyaga ega smartfonlar savdoga qachon chiqarilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Mana, quyidagi «jonli» videoda uni Oppo kompaniyasining 50 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan taqqoslab ko‘rsatishgan:

Ma’lumotlarga ko‘ra, Super Charge Turbo orqali batareyasi 4000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega smartfonni atigi 17 daqiqada noldan boshlab to‘liq quvvatlash mumkin. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: Xiaomi Mi 9 (sotib olish) flagmani 27 vattlik simli hamda 20 vattlik simsiz quvvatlana oladi.

O‘QING: Xiaomi yettita rusumdagi Redmi smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi