Xiaomi va Redmi flagmanlarining «kushandasi» 15 oktyabrda ringga tushadi!

  •   DiMaX
  •  1910
  •  08.10.2019 14:52

Xiaomi va Redmi flagmanlarining «kushandasi» 15 oktyabrda ringga tushadi!

Oppo kompaniyasining Realme subbrendi Redmi brendining jiddiy raqibi sifatida maydonga tushganidan xabaringiz bor. Bu kompaniya 4 oktyabr kuni Realme X2 Pro rusumli flagmanini Ispaniyada namoyish etishi kutilayotgandi, ammo amalda bunday bo‘lmadi.

O‘QING: Redmi K20 Pro Premium ham «damini olaversin»: SD855+ chipli eng arzon flagman rekordlarga boy!

Realme endi uning taqdimot sanasini o‘zi e’lon qildi va bu gal shubhaga o‘rin qolmadi. Kompaniya e’lon qilgan rasmiy reklama banneriga ko‘ra, Realme X2 Pro smartfoni 15 oktyabrda namoyish qilinadi.

Ko‘rib turganingizdek, ishlab chiqaruvchi Realme X2 Pro modelini jangchi-samurayga qiyoslagan. Chindan ham, u eng tezkor va kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus bazasiga qurilgan va boshqa jihatlari bilan ham Xiaomi smartfonlarining «kushandasi» bo‘la oladi.

O‘QING: Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!