Xiaomi yana bir shaffof flagmanini namoyish etdi! («jonli» rasmlar)

  •   DiMaX
  •  2881
  •  09.03.2020 17:38

Xiaomi yana bir shaffof flagmanini namoyish etdi! («jonli» rasmlar)

«Xitoycha Apple» o‘zining Xiaomi Mi 8 modelidan boshlab, flagman smartfonlarining shaffof korpusli versiyalarini chiqara boshlagan. Jumladan, Xiaomi Mi 8 Explorer Edition hamda Xiaomi Mi 9 Explorer Edition modellari ilg‘or va shunga yarasha qimmat bo‘lib chiqqan.

O‘QING: Bu smartfonni bitta elektromobil narxida sotishmoqda!

Lekin negadir kompaniya bu yilgi flagmanlar turkumida ikkitagina – Xiaomi Mi 10 hamda Xiaomi Mi 10 Pro smartfonlarini taqdim etdi. Bu gal ularning shaffof orqa qopqoqli Explorer Edition versiyasi chiqmagani sababi – yuqoridagi qurilmalar shundog‘am qimmat chiqqanligi bo‘lishi mumkin; uning shaffof talqini yanada qimmat bo‘lib ketardi.

Shunga qaramasdan, kompaniyaning marketing bo‘limi bugun – 9 mart kuni Xiaomi Mi 10 Explorer Edition versiyasining rasmiy suratlarini e’lon qildi:

Xuddi «ajdod»laridagi singari, uning ham orqa paneli shaffof bo‘lib, ichi ko‘rinib turibdi.

Afsuski, Xiaomi Mi 10 Explorer Edition bozorga qachon va qanday xotirali konfiguratsiyalarda chiqarilishini, shuningdek, uning narxini kompaniya ma’lum qilmagan.

Shu bilan birga, Xiaomi yangi turkumning boshqa bir vakilini ham tayyorlamoqda...

O‘QING: Xiaomi Mi 10S ham chiqadi: Snapdragon 865 Plus, yangicha kamera, narxi esa...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.