Xiaomi yana ikkita hamyonbop smartfoniga barqaror global MIUI 10 proshivkasini tarqatmoqda

  •   DiMaX
  •  1953
  •  16.11.2018 10:33

Xiaomi yana ikkita hamyonbop smartfoniga barqaror global MIUI 10 proshivkasini tarqatmoqda

Joriy yilning 31 mayida Xiaomi kompaniyasi sakkizinchi avlod flagman smartfonlaridan tashqari MIUI 10 grafik qobig‘ini ham taqdim etgandi. Unga asoslangan barqaror proshivkalar ham kompaniyaning telefonlariga taqdim etilmoqda.

O‘QING: Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga «sun’iy ong»li barqaror global MIUI 10 chiqdi!

Xiaomi yana ikkita smartfoni uchun barqaror barqaror MIUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan global proshivkalar tarqatishni boshladi. Bular – Redmi 5 hamda Redmi 5A rusumli qurilmalar bo‘lib, ularga yangilanishlar bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Aytish kerakki, har ikkala modelga taqdim etilayotgan grafik qobiq eng so‘nggi – MIUI 10 versiyasida bo‘lsa-da, ular hali eski – Android 7.1 Nougat operatsion tizim talqiniga asoslangan. Shunga qaramasdan, ularda yangi dasturiy ta’minotning asosiy afzalliklari tatbiq etilgan. Jumladan, bu smartfonlar egalari Android Pie dizaynida yangilangan interfeys hamda «sun’iy ong» imkoniyatlaridan foydalana oladilar.

Aytish kerakki, Terashop.uz internet-do‘konimizda global proshivkali Redmi 5 smartfonini 1 039 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish, Redmi 5A modelini esa atigi 790 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!