Xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilari Apple va Samsung’ni ortda qoldirdi

Xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilari Apple va Samsung’ni ortda qoldirdi

So‘nggi yillarda jahon smartfon bozoridagi raqobatda xitoylik kompaniyalar smartfon sotish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Samsung va Apple’ni quvib o‘tishmoqda. Bu haqida axborot texnologiyalari bozori va kompaniyalari marketingini o‘rganishga ixtisoslashgan IDC tadqiqot muassasasi ma’lumot tarqatgan.

Olib borilgan tahlil va izlanishlar 2015 yilda jahon miqyosida smartfon yetkazib berish hajmi oldingi yilga qaraganda 10.1 foizga oshgani holda 1.43 milliard dona “aqlli” mobil aloqa qurilmalari sotilganini ko‘rsatmoqda.

Xitoyning Huawei, Lenovo, hamda Xiaomi kompaniyalari smartfon sotish hajmi bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalar beshligining yetakchilariga aylanishgan. Bu beshlikda ulardan keyingi o‘rinlarni esa Apple va Samsung kompaniyalari band qilib turibdi.

Xitoy ishlab chiqaruvchilarining bu qadar ommalashib ketishi oqibatida smartfon savdosida  gigant bo‘lgan kompaniyalar taqdiri jiddiy xavf ostida qolmoqda.

Strategy Analytics smartfonlar bozorini tadqiq qiluvchi boshqa bir muassasa rahbari Linda Suining fikricha,  Xitoyliklar yaqin yillarda raqobatda Apple va Samsung’nikidan qolishmaydigan qurilmalarni arzon narxlarda taklif etishi taxmin qilinmoqda.

Xitoy va uning qo‘shnisi Hindiston, Osiyoning yana bir qator mamlakatlari yirik smartfon bozorlari hisoblanadi. Bu hududlarda aholining turmush darajasi asta-sekin rivojlanib, zamonaviy aloqa texnologiyalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj oshmoqda.

Misol uchun, hali nisbatan yosh bo‘lgan Oppo – boshqa bir xitoylik kompaniya tomonidan so‘nggi innovatsion texnologiyani olsak, bu kompaniya 15 daqiqada quvvat oluvchi akkumulyatorni yaratdi.

Shuningdek, 2016 yilda Jahon mobil kongressida taqdim qilingan Xiaomi’ning Mi5 qurilmasi ham Samsung’ning yangi Galaxy S7 smartfoni kabi Qualcomm Snapdragon 820 zamonaviy protsessoriga ega bo‘lgani ham ahamiyatli voqea.

“Imkoniyatlari keng” deya baholanayotgan Mi5 telefon apparatining bahosi esa raqibinikiga qaraganda ancha-muncha, ehtimol 2 barobar (120 GB talqini 354 AQSh dollari) arzon. Shuningdek, Xitoyda o‘tkazilgan eng yaxshi smartfonlarni aniqlashga qaratilgan tadqiqot ham mahalliy bozorda aqlli gadjetlarning juda arzonligini ko‘rsatmoqda. Michol uchun, shunday ommabop qurilmalardan biri – Xiaomi Redmi 3’ning narxi $150 dollar, Meizu M1 Metal $220 dollar, Xitoyda eng ommabop va ishonch qozongan Huawei Honor 7 $315 AQSh dollari, Huawei P8 $457 dollar, Meizu Pro 5 smartfoni esa $400 AQSh dollari turadi.

So‘nggi vaqtda Xitoy smartfon bozorida ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kuchli raqobat kuzatilmoqda. 2015 yilda Xiaomi kompaniyasi raqobatda Huawei’ga yutqazib qo‘ygan. Bulardan tashqari mamlakatda ZTE, Zopo, OnePlus, Meizu kabi jadal rivojlanayotgan mobil aloqa vositalari ishlab chiqaruvchilari ham mavjud.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.