Xitoy ijtimoiy tarmoqlarda «Arsenal»dagi turk futbolchisining sahifalarini blokladi

  •   DiMaX
  •  837
  •  18.12.2019 12:40

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarda «Arsenal»dagi turk futbolchisining sahifalarini blokladi

Xitoy hukumati «Arsenal» futbol klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zilning harakatidan norozi bo‘lib qolmoqda. Bu to‘g‘rida The Telegraph xabariga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING: Xitoy hukumati musulmon uyg‘urlarning iOS, Android va Windows tizimli gadjetlariga ommaviy hujum uyushtirgan

Xabarga ko‘ra, Xitoyning davlatga tegishli ommaviy axborot vositalari, toki O‘zilning tviti yuzasidan «Arsenal» kechirim so‘ramaguniga qadar klub nomi taqiq ostida bo‘lishini londonliklarga ma’lum qilgan.

O‘zil avvalroq Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan qo‘llayotgan siyosatini keskin tanqid ostiga olgandi. «Arsenal» esa bu futbolchining shaxsiy fikri ekanini aytib, bu borada munosabat bildirishdan bosh tortgan. Keyinchalik Xitoyda «Arsenal»ning «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yini efirga uzatilmagan edi.

Bundan tashqari, Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridagi O‘zilning sahifalari bloklangan, 30 ming obunachiga ega «M10» nomli fan-klub esa tarqatib yuborilgan. Shuningdek, Xitoy hukumati qidiruv tizimlaridan O‘zilning nomini olib tashlashni buyurgan.

O‘QING: Hukumat endi Face ID ma’lumotlarini ham talab qilmoqda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.