Xitoy va AQShning savdo jangi sababli iPhone’lar boshqa mamlakatda tayyorlanishi mumkin

  •   DiMaX
  •  1021
  •  05.12.2018 11:29

Xitoy va AQShning savdo jangi sababli iPhone’lar boshqa mamlakatda tayyorlanishi mumkin

AQSh hukumati Xitoydan keltiriladigan tovarlarga boj qiymatini oshirishi turli kompaniyalar uchun jabr bo‘layotir. Jumladan, mahsulotlarini asosan «Osmon osti saltanati»da terdiradigan Apple’ga ham qiyin bo‘lyapti.

O‘QING: AQSh va Xitoy savdo jangi tufayli iPhone qanchaga qimmatlashiga Donald Tramp oydinlik kiritdi

Kupertinolik korporatsiya o‘z mahsulotlarining asosiy qismini Foxconn zavodlarida terdiradi. Bu korxonalar esa Xitoyda joylashganligi sababli yuqorida ta’kidlangan boj ularga ham daxldor. Shu boisdan ham Tayvanning ushbu kompaniyasi endilikda ishlab chiqarishni Vetnamga ko‘chirish ustida bosh qotirmoqda.

Vetnam ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Foxconn yangi fabrika qurish borasida Xanoy Xalq komiteti bilan muzokaralar olib bormoqda. Garchi tayvanlik kompaniya mazkur xabarlarni izohlashdan bosh tortgan bo‘lsa-da, Vetnam tomoni buni tasdiqlagan. Jumladan, mamlakat Savdo-sanoat palatasi rahbari Vu Tiyen Lok (Vu Tien Loc): «Biz Foxconn bilan shunday imkoniyatni muhokama qilmoqdamiz», – degan.

Agarda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi sovuqchilik savdo masalalariga shunday soya solaversa, Apple mahsulotlari ham qimmatlashda davom etishi mumkin. Aytish kerakki, Terashop.uz internet-do‘konimizda Apple korporatsiyasining bir necha rusumlardagi smartfonlari, planshetlari hamda «aqlli» soatlari tegishli kafolati bilan sotuvga qo‘yilgan.

O‘QING: Terashop.uz’da Dual-SIM va oddiy iPhone’lar narxlari (2018 yil 17 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!