Xitoyliklar Samsung va Apple’ni Yevropadan siqib chiqarishmoqda

  •   DiMaX
  •  1248
  •  15.02.2019 17:03

Xitoyliklar Samsung va Apple’ni Yevropadan siqib chiqarishmoqda

Canalys tahlil kompaniyasi Yevropa smartfonlar bozorining 2018 yil so‘nggi choragi bo‘yicha statistikasini e’lon qildi. Bu galgi ko‘rsatkichlar juda qiziqarli chiqdi...

O‘QING: Eng xavfsiz smartfonlar reytingi bilan tanishing! (2019 yil fevral)

Ushbu davr mobaynida ko‘plab brendlarning, shu jumladan Samsung va Apple korporatsiyalarining ham smartfonlari savdosi pasaygan. Ijobiy ko‘rsatkichni faqatgina xitoylik ishlab chiqaruvchilar namoyon etgan.

Aniqrog‘i – Huawei bu qit’ada smartfon sotishni 55,7 foizga oshirgan va bozorning 23,6 foizini egallab, Apple’ga yaqinlashib qolgan. Xiaomi esa undan ham kuchli – 62 foizlik o‘sish namoyon etgan, ammo bozorda uning ulushi o‘ta past – atigi 6 foiz.

Ayni damda Yevropa smartfon bozorida yetakchilar o‘zgarmagan – o‘sha-o‘sha Samsung va Apple. Ammo Huawei’ning o‘sish sur’atiga qaraganda, keyingi yiliyoq u birinchi yoki kamida ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Huawei’ga qarshi kurashayotgan AQSh endi uning yordamiga muhtoj!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!