Xushxabar: Telegram’da kanallarni guruhlashtirish mumkin bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  2023
  •  31.01.2018 18:53

Xushxabar: Telegram’da kanallarni guruhlashtirish mumkin bo‘ladi

Telegram dasturchilari ayni kunlarda messenjerdagi kanallarni umumiy yangiliklar tasmasiga guruhlashtirish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Telegram Beta kanali xabar bermoqda.

O‘QING: Android uchun Telegram X yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Xabarga ko‘ra, yangi imkoniyat bugun – 31 yanvar kuni messenjerning macOS uchun ishlab chiqilgan beta-versiyasida paydo bo‘lgan. Ammo oradan ma’lum vaqt o‘tgach, bu funksiyani server tomonidan uzib qo‘yishgan.

Shuningdek, Telegram’da yuboriladigan suratlar tagso‘zlarini turli formatlarda yozish funksiyasi ham sinovdan o‘tkazilayotir. Jumladan, tagso‘zlarda kursivli, to‘qrang yozuvlar yozish hamda havolalar qo‘yish imkoniyati namoyish etilgan.

Telegram rasmiy kliyentlarida ushbu yangi imkoniyatlar qachon paydo bo‘lishi hozircha ma’lum emas. Navbatdagi yangilanishlarni kutamiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Telegram’ning iOS va Android-ilovasi yangilandi, yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!