Xushxabar: UMS «Abituriyentlarga megabaytlar» beryapti!

  •   DiMaX
  •  3086
  •  19.06.2018 17:00

Xushxabar: UMS «Abituriyentlarga megabaytlar» beryapti!

Oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayoni boshlanishi bilan, turli kompaniyalar abituriyentlar uchun o‘z xizmatlarini taklif etishga e’tibor berishadi. UMS uyali aloqa operatori ham bundan chetda qolayotgani yo‘q.

O‘QING: UMS’dan yangi aksiya: «Plyusda bo‘ling!»

Universal Mobile Systems (UMS) kompaniyasi maxsus «Abituriyentlarga megabaytlar» aksiyasini e’lon qildi. Mazkur aksiya doirasida abituriyentlar ushbu kompaniyaning yangi raqamini ulatib, har oy bonusli megabaytlarga ega bo‘lishadi.

Kompaniyaning rasmiy saytida xabar berilishicha, bu aksiya doirasida ulanganlarga yarim yil davomida har oy quyidagi bonuslar taqdim etiladi:

  • «Optimal», «Optimal+», «Qulay» yoki «Qulay+» tarif rejasiga ulanganlik uchun – 1500 MB;
  • «Premial» yoki «Ideal» tarif rejasini tanlaganlik uchun – 2000 MB;
  • «VIP» tarif rejasi uchun – 3000 MB.

O‘QING: UMS yana bitta – «VIP Yillik» tarif rejasini chiqardi!

«Abituriyentlarga megabaytlar» aksiyasi doirasida bonusli yangi raqam ulatish uchun UMS ofisiga borib, pasportning aslini va quyidagi hujjatlardan birini taqdim etish kerak:

  • oliygohga hujjat topshirilgandan keyin beriladigan ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi hujjat;
  • 2017 yoki 2018 yilda litsey yoki kollejni bitirganlik haqida diplom.

Ushbu aksiya bugun – 19 iyunda boshlangan bo‘lib, 31 iyul yakunigacha davom etadi. Uning shartlari bilan batafsil tanishish hamda boshqa ma’lumotlar olish uchun Universal Mobile Systems kompaniyasining rasmiy saytiga kirishingiz mumkin.

O‘QING: UMS’ning barcha USSD-kodlarini bilib oling! (To‘liq ro‘yxat)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.