Xushxabar: UMS ham o‘z Telegram-botini ishga tushirdi!

  •   DiMaX
  •  2345
  •  14.08.2018 12:13

Xushxabar: UMS ham o‘z Telegram-botini ishga tushirdi!

O‘zbekistondagi uyali aloqa kompaniyalari o‘z mijozlari bilan aloqada bo‘lishning, ularga xizmat va ma’lumotlarni taqdim etishning har xil yo‘llaridan foydalanib kelayotirlar. Jumladan, kuni kecha ulardan biri o‘z Telegram-botini joriy etgani haqida xabar bergandik.

O‘QING: Ucell abonentlari uchun maxsus Telegram-bot: endi sizga USSD-kodlar va qisqa raqamlar kerak bo‘lmaydi!

Bugun esa UMS brendi ostida xizmatlar taqdim etib kelayotgan «Universal Mobile Systems» MChJ ham ushbu messenjerda o‘z botini ishga tushirganini e’lon qildi.

«UMS Info» (@umsuzinfo_bot) deb nomlangan ushbu Telegram-botni https://t.me/umsuzinfo_bot manzili orqali ishga tushirish mumkin. Istalgan Telegram foydalanuvchisi uning yordamida operatorning barcha mahsulot va xizmatlari haqidagi foydali ma’lumotlarni lo‘nda tarzda ola biladi. UMS abonentlari esa shu bot orqali o‘z raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘z xizmatlarini boshqarishlari ham mumkin.

Xabarga ko‘ra, «UMS Info» (@umsuzinfo_bot) Telegram-boti ayni damda test rejimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan foydalanish bo‘yicha batafsil qo‘llanma bilan esa mana bu yerda tanishish mumkin.

O‘QING: UMS yana ikkita yillik tarif rejasini taqdim etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.