Yagona portalda yangi xizmat: Pochta jo‘natmangiz holatini onlayn kuzating! (+videoqo‘llanma)

  •   DiMaX
  •  339
  •  23.04.2021 14:10

Yagona portalda yangi xizmat: Pochta jo‘natmangiz holatini onlayn kuzating! (+videoqo‘llanma)

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bir qator xizmat turlari bilan aholiga yengilliklar yaratishda davom etmoqda. Yaqinda unda 2021 yili ishga tushadigan 60 ta yangi xizmat tasdiqlangan edi.

O‘QING: Elektron hukumat bo‘yicha siz izlagan savollarga javoblar

Pochta jo‘natmangiz holatini kuzatib borishni istaysizmi? Unda Yagona portaldagi pochta jo‘natmalarini onlayn kuzatib borish xizmatidan foydalaning, deyiladi ushbu Portalning rasmiy Telegram-kanali xabarida.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan yetkazib beriladigan jo‘natmalar holati va qaysi manzilda ekanidan my.gov.uz yordamida doimiy xabardor bo‘lib turish mumkin.

Xizmatdan foydalanish juda oson. Buning uchun https://my.gov.uz/uz/service/246 havolasi orqali o‘tasiz. Tekshiruv qatoriga maxsus raqamni kiritib, «Qidirish» tugmasini bosasiz. O‘sha ondayoq ekranda jo‘natmangiz holati to‘g‘risidagi eng so‘nggi ma’lumotlar avtomat tarzida namoyon bo‘ladi.

O‘QING: Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.