Yana bir «avtonomlik monstri» – Galaxy M62 taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  3087
  •  25.02.2021 12:20

Yana bir «avtonomlik monstri» – Galaxy M62 taqdim etildi!

Samsung o‘zining navbatdagi «beli baquvvat» smartfoni – Galaxy M62 modelining premerasini 3 martda o‘tkazishi kutilayotgan edi. Biroq kompaniyaning Tailand bo‘limi cho‘zib o‘tirmasdan, uning barcha jihatlarini rasmiy saytida e’lon qilib qo‘yaqoldi.

O‘QING: Samsung’ning barcha smartfon va planshetlari egalariga zo‘r xushxabar bor!

Umuman olganda, Samsung Galaxy M62 modelining asosiy texnik xususiyatlari bungacha ham ma’lum bo‘lib ulgurgan edi. Aniqroq qilib aytganda, bu – avvalroq Hindistonda taqdim etilgan «avtonomlik monstri» – Galaxy F62 smartfonining klonidir.

Farqi esa faqat xotira hajmida: «Fillar o‘lkasi»da chiqqan qurilma 6 va 8 gigabaytlik tezkor xotirali variantlarda taklif etilayotgan bo‘lsa, Tailanddagisi faqat 8 gigabaytlik bo‘lib, doimiy xotirasi 128 va 256 gigabaytlik variantlarda sotiladi.

O‘QING: Android 12’ga yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining ulkan ro‘yxati

Galaxy M62 devaysining boshqa jihatlari o‘sha Galaxy F62 bilan bir xil va ular bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Bu ikki qurilma Galaxy Note 10 hamda Galaxy Note 10+ flagmanlarida qo‘llangan Exynos 9825 protsessori, 7000 mA/soatlik akkumulyatori hamda Android 11 operatsion tizim talqini ustiga qurilgan One UI 3.1 interfeysi bilan maqtana oladi.

Tailandda mazkur yangi smartfon 3 martdan sotuvga chiqadi, narxi hozircha aniq emas. Lekin Galaxy M62 modeli bu borada ham Galaxy F62 smartfonidan (330 va 360 dollarlik) aytarli farq qilmasa kerak.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, fevral)