Yandeks.Brauzer eski kompyuterlarga ham moslashtirildi
Yandeks kompaniyasining dasturchilar jamoasi Yandeks’ning yangi imkoniyatini ishga tushirganini ma’lum qildi. Bu, Yandeks.Brauzer. Uning soddalashtirilgan rejimi kuchsiz kompyuterlar uchun yaratilgan bo‘lib, ularning ushbu tizimda internet bilan ishlashini tezlashtiradi.
Soddalashtirilgan rejim Yandeks tomonidan yaqinda taqdim etilgan elektrtejamkorlik texnologiyasiga asoslanadi, biroq u boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olgan. Oddiy holatlarda Brauzer o‘ndan ortiq varaqa (vkladka) ni yuklay olmaydi. Soddalashtirilgan rejimda faqat faol varaqa qayta tiklanadi, qolganlari klik orqali tiklanadi. Shuningdek, Brauzer ayrim grafik effektlardan voz kechib, iste’mol xotirasi bo‘yicha js-skriptlar ishini optimallashtirgan.
O‘QING: Yandeks.Taksi Moskvadan Qozongacha haydovchisiz o‘zi bordi
Dasturchilarning va’da qilishicha, soddalashtirilgan rejim yordamida CPU va GPU’ga bo‘lgan yukni sezilarli ravishda kamaytirishga, Yandeks.Brauzerni ishga tushirishni va veb-sahifalarni ochishni tezlashtirishga erishilgan.
Soddalashtirilgan rejim agar kompyuterning tezkor xotirasi 2 gigabaytdan yoki protsessori bir yadrodan ortiq bo‘lmasa Yandeks.Brauzerga avtomatik ravishda qo‘shiladi.