Yangi avlod eng arzon Nokia smartfoni: videosi va xususiyatlarini ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1306
  •  16.03.2020 14:08

Yangi avlod eng arzon Nokia smartfoni: videosi va xususiyatlarini ko‘ramiz!

HMD Global kompaniyasining bulturgi eng arzon smartfoni – Nokia C1 modeli dekabrda namoyish etilgan. 3G tarmog‘ida ishlovchi mazkur qurilma atigi 59 dollarga baholangan bo‘lib, uning davomchisi 4G standartiga ega.

O‘QING: Atigi 59 dollarlik modelning davomchisi – Nokia’ning o‘ta arzon 4G-smartfoni tayyor!

Kompaniya shu yilning 19 mart kuni London shahridagi taqdimotida flagman modellari bilan birga, yangi avlod eng arzon smartfoni – Nokia C2 modelini ham namoyish etadi. Nokia brendi allaqachon ushbu arzon gadjetining reklama roligini e’lon qildi:

Nokia C2 rusumli mazkur devays sig‘imdor akkumulyatorga va Android 9 Pie (Go Edition) operatsion tizimiga ega.

O‘QING: Endi eng arzon smartfonlarga ham Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Quyida Nokia C2 smartfonining texnik xususiyatlari bilan tanishamiz:

Displey: IPS, 5,7", 18:9

Protsessor: 4 yadroli UNISOC (1,4 GGs)

Tezkor xotira: 1 GB

Ichki xotira: 16 GB, yana 64 GBgacha microSD qo‘yish mumkin

Akkumulyator: 2800 mA/soatlik

Bosh kamera: 5 Mp (f/2.2)

Old kamera: 5 Mp

Operatsion tizim: Android 9 Pie Go Edition

Aloqa: 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11b/g/n, Bluetooth 4.2, GPS

Portlari: micro-USB, 3,5 mm.lik audiotirqish

Qo‘shimcha: FM-radio, Google Assistant tugmachasi

O‘lchamlari: 154,8x75,59x8,85 mm

Vazni: 161 gramm

Kompaniya Nokia C2 narxini 19 mart kuni Londondagi taqdimot marosimida ma’lum qiladi. O‘sha tadbirda yana dunyodagi ilk tugmachali Android-telefon – Nokia 400 modelini ham ko‘ramiz.

O‘QING: Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!