Yangi hamyonbop smartfon – Galaxy A11 sotuvga chiqdi, narxi bilan tanishamiz

  •   DiMaX
  •  54125
  •  19.05.2020 08:48

Yangi hamyonbop smartfon – Galaxy A11 sotuvga chiqdi, narxi bilan tanishamiz

O‘tgan haftada Samsung kompaniyasi o‘rta narx toifasidagi Galaxy A11 smartfonini namoyish qilgan. Bu – uch modulli bosh kamera va ekran tirqishidagi old kameraga ega model bo‘lib, o‘shanda uning narxini aytishmagan edi.

O‘QING: Samsung ham Redmi Note 9 Pro Max narxida «avtonomlik monstri»ni sotuvga chiqardi

Samsung endi mazkur modelini birinchi bo‘lib Tailandda rasman sotuvga chiqardi. Uning tezkor xotirasi 3, doimiysi esa 32 gigabaytlik varianti uchun 163 AQSh dollariga teng narx belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy A11 smartfonining yana bir varianti 2 gigabaytlik tezkor xotiraga ega; har ikkala holatda ham doimiy xotira hajmi 32 gigabaytga teng. Shuningdek, unda 512 gigabaytgacha hajmli MicroSD xotira kartasi uchun slot mavjud.

Mazkur qurilmaning Yevropa bozoriga qachon taqdim etilishini Samsung hozircha aytmagan. Lekin kuzatuvchilar Galaxy A11 shu oyning oxirigacha ko‘plab mamlakatlarda sotila boshlashini taxmin qilishmoqda.

O‘QING: Galaxy A21s taqdim etildi – Android 10 tizimli avtonomlik monstri!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!