Yangi iPhone uchun Apple A12 protsessori ishlab chiqarilmoqda

  •   Saroy
  •  779
  •  23.05.2018 17:04

Yangi iPhone uchun Apple A12 protsessori ishlab chiqarilmoqda

Bloomberg manbalarida aytilishicha, tayvanlik ishlab chiqaruvchi TSMC iPhone’ning navbatdagi avlodi uchun birkristalli tizimdagi Apple A12'ni ishlab chiqara boshlagan.  

O‘QING: iPhone 8 va iPhone 8 Plus: Jahonning birinchi raqamli smartfonlari

TSMC mana qatorasiga ikkinchi yildirki, Apple uchun yangi protsessorlarni eksklyuziv yetkazib beruvchiga aylangan. A12 platformasi eng zamonaviy 7 -nanometrli texprotsesda tayyorlanmoqda. Taqqoslash uchun  10-chi yechimda u kristal maydonini 37 foizgacha qisqartirish imkonini berib, ishlash samaradorligini 20 foizga, energosamaradorlikni esa, 40 foizga oshiradi. Texnologiyaning barcha imkoniyatlari darhol ma’lum bo‘lmaydi, albatta, lekin yaxshilanish birinchi chiplardanoq kuzatila boshlaydi.

Kutilganidek, sentyabr oyida Apple  «monobrov»li iPhone’ning bir yo‘la uchta modelini namoyish etadi. Yaqin kunlarda korporatsiya uzoq kutiliyotgan yangilangan iPhone Se’ni taqdim etishi mumkin, ammo ushbu ixcham gadjet Apple A12  flagman chipini olmasligi aniq.  

O‘QING: 4,5 ming dollarlik iPhone X taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!