Yangi iPhone yechib olinadigan kamera bilan ta’minlanishini mumkin

  •   Saroy
  •  874
  •  25.07.2018 17:44

Yangi iPhone yechib olinadigan kamera bilan ta’minlanishini mumkin

Apple iPhone va iPad uchun apparat va dasturiy yechim ustida ish olib bormoqda. Bu yechim reja bo‘yicha fotosurat sifatini sezilarli darajada oshirishi kerak.

Yaqinda AQSh mahsulot belgilari va patentlar bo‘yicha muassasasi Apple’ga  «kameraning moslashuvchan tizimi” uchun patent berdi. Unda harakatlanadigan sensorlar, tasvirni tahlil qilish va tasvirni qayta ishlash uchun dasturiy ta’minot kabi kombinatsiyali yechimlardan foydalanish mumkin.

O‘QING:Smartfon kameralarining siz bilmagan 13 ta funksiyasi

Ushbu texnologiya suratga  olishdagi kamchiliklarni aniqlash uchun fokusni, aniqlikni, optik xatolarni, xromatik aberratsiyani, yoritishni tahlil qiladi.

O‘QING:Yandeks Moskva ko‘chalariga haydovchisiz mashinalarni chiqaradi

Shu bilan birga, suratga olish sifatini tashqi yechiladigan ob’yektiv hisobiga ham oshirish mo‘ljallanmoqda, biroq bunday ob’yektlarni Apple’ning o‘zi chiqarish niyati yo‘q, lekin boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga tayyor. Shunday qilib, yechiladigan linza hisobiga Apple o‘zining unchalik qimmat bo‘lmagan smartfonini sifatli  kamerofonga aylantirmoqchi.

Patent hujjatida yozilishicha,  agar unga yangi aksessuarlar ulanadigan bo‘lsa, uning o‘zi bu haqda bilib oladi. Apple aksessuarlarni topib olish yoki bilib olishning bir nechta usulini ko‘rib chiqmoqda. Elektronika, magnitlar va radiosezgirlik shular jumlasidan. Qurilmaga yangi aksessuar ulansa kamera interfeysida yangi opsiya paydo bo‘ladi. Bu esa foydalanuvchiga sifatli surat olish uchun qo‘shimcha uskuna bilan hamjihatlikda harakat qilish imkoniyatini beradi.

O‘QING:Huawei P20 — O‘zbekistondagi kuchli kamerafon

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!