Yangi rekord: flagman atigi 12 daqiqada to‘liq quvvatlanib ulgurdi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1236
  •  09.03.2021 13:21

Yangi rekord: flagman atigi 12 daqiqada to‘liq quvvatlanib ulgurdi! («jonli» video)

O‘tgan haftada ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi o‘zining yangi avlod o‘yin smartfonlarini namoyish qilgan edi. Ushbu turkumga Red Magic 6 hamda Red Magic 6 Pro modellari kirgan.

O‘QING: Global bozordagi eng kuchli o‘nta hamyonbop Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Ushbu juftlikning Pro-versiyasi bir qator rekordchi jiatlarga ega bo‘lib, ulardan biri – 120 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasidir. Xuddi shunday qudratli zaryadchik Nubia Red Magic 6 Pro standart qadog‘i tarkibiga kiritilgan.

Ishlab chiqaruvchi bu smartfonlarning taqdimotida ta’kidlashicha, 120 vattlik quvvatlagich yordamida Red Magic 6 Pro batareyasini noldan boshlab 50 foizgacha to‘ldirish uchun bor-yo‘g‘i 5 daqiqa kifoya, oxirigacha zaryadlash uchun esa atigi 17 daqiqa yetarli bo‘ladi. Biroq bu borada ZTE sal kamtarlik qilgan ko‘rinadi – geymerofon undan ham tezroq quvvat olar ekan!

O‘QING: 200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Red Magic 6 Pro smartfonining ilk foydalanuvchilaridan biri uni zaryadlash jarayonini videoga olib, internetda e’lon qildi:

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, akkumulyatorini noldan boshlab 5 daqiqada 50 foizga to‘ldirib, Red Magic 6 Pro smartfonini bir kun davomida bemalol ishlatsa bo‘ladi. Uning hamda standart talqindagi Nubia Red Magic 6 geymerofonining texnik xususiyatlari, narxlari bilan mana bu xabarimizda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: 3687 mAs batareyali Phone 12 Pro Max avtonomligi yuqorimi, yoki 5000 mAs akkumulyatorli Galaxy S21 Ultra? («Jonli» test videosi)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!