Yangi texnologiya: qurilmalar bir-biridan simsiz quvvat oladi
Apple’ning yangi patentida qurilmalarini noodatiy tarzda quvvatlantirish usuli haqida yozilgan. Buyurtmada ikki yo‘nalishga ham tok uzata olishi mumkin bo‘lgan simsiz zaryadka g‘altagi haqida gap boradi. Shunday qilib, nazariy jihatdan olib qaraganda, iPad yoki MacBook iPhone X yoki iPhone 8 smartfonini simsiz quvvatlantira oladi, ular esa, o‘z navbatida o‘zidan kichikroq qurilmalarni zaryadlay oladi.
O‘QING:Samsung bexosdan Galaxy Watch’ning surat va jihatlarini e’lon qilib yubordi
Hozirda iPad yoki MacBook simsiz zaryadlash uchun induksion g‘altagi bilan chiqarilmaydi, Ammo kelajakda bu gadjetlarni quvvatlantirishning yangi usuliga aylanishi mumkin. Patentda MacBook bir nechta quvvatlantirish nuqtalari bilan ko‘rsatilgan, ulardan MacBook bilan iPhone va Apple Watch kabi boshqa ikki yoki uchta qurilmalar o‘rtasida elektr uzatishda foydalanishi mumkin. Qurilmalar biri boshqasining ustida yoki ostida turishiga qarab quvvat oladi yoki quvvat uzatadi.
O‘QING:Yangi MacBook Pro noutbukida yangi muammo: plata lat yesa ma’lumotlar qayta tiklanmaydi
MacBook, shu yo‘l bilan boshqa qurilmalar uchun «quvvatlanish gilamchasi”ga aylanadi. Qolaversa, Apple Watch soatini ham iPhone displeyi ustiga joylashtirib, quvvat oldirish mumkin bo‘ladi.
Endi gap Apple’ning simsiz quvvatlash g‘altagining kiruvchi va chiquvchi tok orasida qanday qilib qizib ketmasdan ulanish masalasini tezroq hal qilishida qoldi. Ushbu texnologiya hayotga joriy qilingunicha ehtimol yillar o‘tar (agar u qachonlardir amalga oshsa, albatta). Hozircha esa, hech bo‘lmaganda AirPower “gilamchasi” chiqqanda edi, deya ta’kidlanadi mazkur xabarda.
O‘QING:Apple’ning boshi qotgan: eng qimmat MacBook Pro do‘konlarga qaytarilmoqda