Yashirin qurollarni va jinoyatchilarni aniqlovchi – «politsiyachi» smartfon g‘ilofi yaratildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1065
  •  08.06.2018 13:03

Yashirin qurollarni va jinoyatchilarni aniqlovchi – «politsiyachi» smartfon g‘ilofi yaratildi! (+video)

Mobil qurilmalar g‘iloflarining asosiy vazifasi ularni tashqi mexanik ta’sirlardan asrashdir. Ammo keyingi paytlarda ularning qo‘shimcha funksiyalar bilan ishlab chiqarilishi ham ommalashmoqda.

O‘QING: Eye – iPhone uchun Android-smartfonli g‘ilof!

Jumladan, yangi taqdim etilgan SWORD g‘ilofi bilan smartfon umuman yangicha – qurollarni aniqlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, SWORD’ga tatbiq etilgan faol radiochastota skaneri 3D-tasvirlar yarata oladi. Ta’kidlanishicha, metall predmetlarni, masalan, kiyim ostiga yashirilgan to‘pponchani u 40 metr uzoqlikdan ham «ko‘rish»ga qodir.

Shuningdek, bu skaner kishilarni yuzidan tanish funksiyasiga ham ega. Skanerlanayotgan kishining qiyofasini SWORD jinoyat bo‘yicha qidiruv ro‘yxatidagilar bilan taqqoslaydi. Agarda u biror gumondor bilan bir xil chiqsa, bu haqda xavfsizlik xizmati xodimlariga xabar beradi. Bularning barchasi avtomatik tarzda, soniyaning o‘ndan bir ulushicha vaqtda amalga oshiriladi.

O‘QING: Dronlarni to‘xtatib qolgan bojxonachilar hayratga tushishdi

Mana, SWORD g‘ilofining qanday ishlashiga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhani tomosha qilamiz:

SWORD g‘ilofini hozircha Apple iPhone 8 Plus hamda Google Pixel 2 XL smartfonlariga moslab ishlab chiqishmoqda. Mazkur «politsiyachi» g‘ilof uchun allaqachon dastlabki buyurtmalar qabul qilinmoqda. Ularni xaridorlarga yetkazib berish esa 2019 yilning bahorida boshlanadi. Ammo narxi ham chakkimas: SWORD g‘ilofining o‘zi 950 AQSh dollari bo‘lsa, uning servisidan foydalanganlik uchun yana oyiga 30 dollari to‘lib turishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: iPhone X uchun dunyodagi eng qimmat chexol sotuvga chiqarildi