Yoqiq holdagi Galaxy Note 9’ni yangi «jonli» suratlarda va noodatiy rangda ko‘ramiz

  •   DiMaX
  •  1172
  •  21.07.2018 13:31

Yoqiq holdagi Galaxy Note 9’ni yangi «jonli» suratlarda va noodatiy rangda ko‘ramiz

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 9 fabletini 9 avgustda rasman namoyish etmoqchi ekanidan xabaringiz bor. Unga oldindan buyurtma berish 14 avgustdan boshlansa, planshetni erkin savdoga 24 avgust kuni chiqarishadi.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Galaxy Note 9’ning ilk «jonli» video va fotolari!

Bugun insayderlar Galaxy Note 9 modelining yangi «jonli» rasmlarini internetga chiqarib yuborishdi. Ularda qurilma yoqiq holida bo‘lib, ekranda devaysning muhim texnik xususiyatlari aks etgan yozuv ham ko‘rinib turibdi.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 9 hali namoyish etilgani yo‘q, lekin kimlardir uni allaqachon tutib yuribdi

Shuningdek, janubiy koreyalik texnogigant Galaxy Note 9 planshetofonini noodatiy – binafsharang tusdagi korpusda ham chiqarmoqchi. Quyidagi suratda aynan shunday rang talqinidagi gadjetni tomosha qilishingiz mumkin:

Shu paytgacha chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Note 9 flagmani qora, moviy, binafsharang va kul rang korpuslarda taqdim etiladi.

O‘QING: Xitoyda "Galaxy Note 9" 100 dollardan sotuvga chiqdi!