YouTube’dagi eng ommaviy funksiyalardan birini olib tashlashmoqchi

  •   DiMaX
  •  1038
  •  04.02.2019 12:31

YouTube’dagi eng ommaviy funksiyalardan birini olib tashlashmoqchi

Eng ommabop videoxosting  – YouTube servisi o‘ziga xos ijtimoiy tarmoq ham hisoblanadi. Unda e’lon qilingan roliklarni izohlashadi, turli tugmachalarni bosish orqali munosabat bildirishadi...

O‘QING: YouTube’da bir haftadayoq eng ko‘p «dislayk» to‘plagan rekordchi videoni ko‘rdingizmi?

YouTube’da lavhalarga yoki kanallarga «layk» yoki «dislayk» tugmachalarini bosish orqali uning yoqqan-yoqmaganini ifodalash mumkin. Ammo keyingi paytlarda ayrimlar «dislayk»dan g‘araz maqsadlar yo‘lida ham foydalana boshlashgan. Masalan, raqobatchi kanallarning reytingini pasaytirish uchun roliklarini ommaviy tarzda «dislayk»lashni uyushtirish va hokazo.

Shuni inobatga olib, videoxosting rahbariyati «dislayk» tugmachasini olib tashlamoqchi. Bu haqda YouTube’ning loyihalarni boshqarish bo‘yicha direktori Tom Lyung o‘z videoxabari orqali xabar bergan.

Uning aytishicha, servis ma’muriyati mazkur muammoni hal etishning bir necha yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda: faqat «dislayk» tugmachasining o‘zini olib tashlash; salbiy baholaganlardan buni asoslashni talab etish; reytingni ommaviy ko‘rinmaydigan qilib qo‘yish kabi.

To‘g‘ri, bulardan har biri ham o‘ziga yarasha kamchiliklarga ega, ammo yana bir yo‘li bor – «dislayk» tugmachasining bo‘lish-bo‘lmasligini har bir YouTube-kanalning egasi ixtiyoriga qoldirish. Balki shu variantni qo‘llashar – bu boradagi yangiliklarni biz bilan birga kuzatib boring.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor: internet-provayder Facebook va YouTube’ni VPN’siz ochuvchi xizmat taklif etmoqda!