YouTube’ni «portlatgan» video: tuzni 4 daqiqada uzatib yuborish usulini ko‘rdingizmi?

  •   DiMaX
  •  2714
  •  29.03.2019 11:50

YouTube’ni «portlatgan» video: tuzni 4 daqiqada uzatib yuborish usulini ko‘rdingizmi?

Eng ommabop videoxosting – YouTube’da nimalar topilmaydi, deysiz! Joseph's Machine nomli kanal esa Goldberg mashinalarini aks ettiruvchi o‘ta antiqa lavhalari bilan mashhur.

O‘QING: YouTube’dagi 2018 yilning eng ko‘p ko‘rilgan videolari reytingi

Oshxona stolining bir chekkasidan narigisigacha tuzni qancha vaqtda uzatib yuborish mumkin, sizningcha? Joseph's Machine kanali buning eng murakkab va ahmoqona, ammo g‘oyatda qiziqarli usulini ko‘rsatib bergan. Tuzni uzatish jarayonida lineykalar, choynak, fen, MacBook, tennis koptokchalari, plastik stakanlar, sabzi va olmalar... va hokazolar ishtirok etgan. Qisqasi, mana o‘zingiz ko‘ring – ko‘z uza olmay qolishingizga ishonamiz!

O‘ta ahmoqona bo‘lishi bilan birga, bu jarayon qiziqarli ham, nima dedingiz?

O‘QING: YouTube’da bir haftadayoq eng ko‘p «dislayk» to‘plagan rekordchi videoni ko‘rdingizmi?

Bunaqa narsalarni «Goldberg mashinalari» deb atashadi – ixtirochi va karikaturachi-rassom Rub Goldberg sharafiga. U o‘ylab topgan Lyusifer Gorgonzola ismli personaj – oddiy ishlarni juda-juda qiyin usullar bilan amalga oshiruvchi professordir.

Joseph’s Machine nomli YouTube-kanal mualliflari esa Rub Goldbergning munosib shogirdlaridir. Ular e’lon qilgan lavhalar orasida yuqoridagi kabi hazilnamo roliklar ko‘p, ammo chindan ham hayotda asqotib qoladiganlari ham bor.

Kanalning obunachilari 450 ming nafardan oshiq bo‘lib, yuqoridagi – tuzni uzatib yuborish videosi shu kunlarda YouTube’ni «portlatgan» roliklardan biridir.

O‘QING: «Momo» yana kuchaya boshladi, lekin YouTube unga qarshi kurashning zo‘r yo‘lini topdi!