YouTube’dagi eng ommabop videolarning 13 yillik tarixini 4 daqiqalik bitta videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1033
  •  03.06.2019 12:50

YouTube’dagi eng ommabop videolarning 13 yillik tarixini 4 daqiqalik bitta videoda ko‘ramiz!

Dunyo bo‘yicha eng ommalashgan videoxosting – YouTube resursida roliklar son-sanoqsiz, lekin ularning ham eng ko‘p tomosha qilinadiganlari bor. Reddit foydalanuvchilari unda keyingi 13 yil mobaynida eng ko‘p ko‘rilgan o‘nta lavha haqidagi ma’lumotni video tarzida tayyorlashdi.

O‘QING: Naq yuz million obunachiga ega birinchi va yagona YouTube-kanal sizga ham yoqadi!

Video davomiyligi taxminan to‘rt daqiqani tashkil etadi va u 2006 yildan to 2019 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mazkur lavhada videoxostingdagi shu yillarda eng ommabop bo‘lgan o‘nta rolik har birining ko‘rishlar soni bilan birga, dinamikasi bilan aks ettirilgan.

Guvohi bo‘layotganingizdek, boshida – 2006 yili eng ko‘p ko‘rilgan rolik Myspace — THE MOVIE bo‘lgan – uni 2 791 321 marta ko‘rishgan. Keyin esa uning o‘rniga «Pokemon»lar mavzusidagi video chiqqan. Shundan so‘ng yetakchilar ro‘yxatiga musiqiy kliplar kirgan: Jastin Biber, PSY’ning Gangnam Style qo‘shig‘i...

Joriy yilning 21 may kuni holatiga ko‘ra, YouTube’dagi eng ommabop video Despacito qo‘shig‘iga ishlangan klipdir – uni 6 milliard martadan oshiq ko‘rishgan.

O‘QING: YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!