«Yulduzlar jangi»: afsonaviy o‘yin iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqyapti (+video)

  •   DiMaX
  •  959
  •  10.12.2020 13:57

«Yulduzlar jangi»: afsonaviy o‘yin iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqyapti (+video)

Bundan bir necha yil avval katta o‘yinlarni smartfonlarga moslab ishga tushirish mushkul vazifadek edi. Lekin endi industriya rivojlandi va o‘tmishning xit o‘yinlarini ham mobil platformalarga ko‘chirishmoqda.

O‘QING: Apple o‘zining turli gadjetlari uchun 2020 yilgi eng zo‘r o‘yin va ilovalarni e’lon qildi

Keyingi kunlarda ma’lum bo‘lishicha, Obsidian Entertainment taqdim etgan afsonaviy Star Wars: Knights of the Old Republic II — The Sith Lords o‘yinining smartfonlarga mo‘ljallangan versiyalari tayyorlanmoqda. Bu ish bilan Aspyr Media jamoasi shug‘ullanyapti va allaqachon mobil o‘yinning treyleri e’lon qilingan:

Bilsangiz kerak, ushbu o‘yin mashhur «Yulduzlar jangi» serialiga asoslangan bo‘lib, undagi voqealar kinodagilaridan bir necha asrlar oldin bo‘lib o‘tadi.

Xabarga ko‘ra, iOS hamda Android platformalariga mo‘ljallangan Star Wars: Knights of the Old Republic II — The Sith Lords o‘yinining relizi 18 dekabrg Star Wars: Knights of the Old Republic II — The Sith Lords o‘yinining rejalashtirilgan. Uning narxi esa 15 AQSh dollariga teng bo‘ladi.

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari (Google Play talqini)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.