Yurtimizda ilk raqamli bankka litsenziya berildi!

  •   DiMaX
  •  963
  •  27.08.2020 09:26

Yurtimizda ilk raqamli bankka litsenziya berildi!

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan birinchi mahalliy raqamli bank — «Anorbank» AJga litsenziya berildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi shu va IT-sohaga oid boshqa yangiliklarni e’lon qildi.

O‘QING: Ucell rahbari Vladimir Kravchenkodan o‘zbek tilini o‘rganish, davlat tilida ishlash bo‘yicha master-klass

Nanodegree grantlari uchun yakuniy imtihon 1 sentyabrda o‘tkaziladi

Barcha One Million Uzbek Coders loyihasining ishtirokchilariga eslatib o‘tamiz, joriy yil 1 sentyabr kuni Nanodegree grantlari uchun yakuniy imtihon bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun barcha vazifalaringizni tugatib, laboratoriya ishlarini topshirib Udacity Nanodegree granti uchun bo‘ladigan imtihondan ikki kun oldin sertifikatlaringizni qo‘lga kiritishga ulgurish lozim.

Yakuniy imtihonni topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish oxirgi muddati: 2020 yil 29 avgust.

Udacity Nanodegree granti o‘zi nima? Udacity Nanodegree – «One Million Uzbek Coders» loyihasi doirasida bepul tarzda o‘qishni davom ettirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Udacity dasturi doirasidagi Nanodegree kursi 3 oy davom etadi va uni muvaffaqqiyatli yakunlaganlar nanodiplomini (Nanodegree) qo‘lga kiritishlari mumkin. Mazkur diplom yirik IT-kompaniyalar — Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqa kompaniyalar tomonidan tan olinadi.

O‘QING: Texnikumlarga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza topshirish boshlandi

«Alibaba GET Global Challenge 2020» tanlovining O‘zbekistondagi finalchilari aniqlandi

Tanlovda ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston bo‘ylab 109 ta ariza qabul qilingan. Saralash yakuniga ko‘ra, 3 ta loyiha final bosqichiga o‘tdi:

  • Coozin asosiy maqsadi O‘zbekistondagi mavjud ishsiz va muhtoj ayollarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Coozin ayollar bandligini sezilarli oshirish, shuningdek, «boquvchisini yo‘qotgan» xotin-qizlarga yordam berishni qaratilgan;
  • Modme — bu b2b  platformasi bo‘lib, o‘quv muassasalariga bir vaqtning o‘zida ham onlayn, ham oflayn ishlashga yordam beruvchi aralash ta’limni tashkil etishda ko‘maklashadi.
  • OSTO  — O‘zbekistondagi kosmetika va xo‘jalik tovarlari, urfdagi va zamonaviy kiyim-kechaklarga ixtisoslashgan chakana savdo do‘konlari savdo-sotiq maydonchasidir. OSTO  mijozlar uchun eng yaxshi ko‘rinishga ega, hamda sifatli xizmatlarni taqdim etadi.

 «Alibaba GET Global Challenge 2020» — bu Alibaba kompaniyasi tomonidan butun dunyo yoshlari uchun pandemiya oqibatlarini yengillatish va kundalik hayotning barcha sohalarida yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan tanlov.

Tanlovning maqsadi — inklyuziv rivojlanishga ko‘maklashish, yoshlar va tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish va ularni ruhlantirish, shuningdek, tashkilotlar, tarmoqlar va jamiyatlarning raqamli transformatsiyasini ragʻbatlantirishdan iborat.

Xalqaro tanlovning golibi $14 ming mukofotga hamda Alibaba bosh ofisiga tashrif buyurish va uning faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘QING: AliExpress ham bloklanish xavfi ostida!

QQSni qoplash bo‘yicha Telegram-bot ishga tushdi

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplash (qaytarish) bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan soliq to‘lovchilar uchun Telegram-botni ishga tushirdi.

Fuqarolar o‘z murojaatlarini va shikoyatlarini hamda takliflarini @qqs_qaytarish_botga yuborishi mumkin.

QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) yangi qoidaga ko‘ra, soliq to‘lovchi hisobiga olingan joydagi davlat soliq boshqarmasi tomonidan yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha esa Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi qarori asosida amalga oshiriladi.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqda reklama uchun soliq to‘laysiz!

Davlat xaridlari uchun yana bir elektron platforma ishga tushdi

Elektron konkurs va elektron tenderlarni tashkil etishga mo‘ljallangan tender.mf.uz elektron platformasi yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kungacha elektron konkurs va elektron tenderlarni tashkil etish bo‘yicha ishlarni O‘zbekiston respublikasi tovar xomashyo birjasi olib borgan. Endi esa xaridorlar va ta’minotchilar ikkita tizimning imkoniyatlarini solishtirib o‘zi uchun qulay elektron platformani tanlashi mumkin.

Birinchi mahalliy raqamli bankka litsenziya berildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan birinchi mahalliy raqamli bank — «Anorbank» AJga litsenziya berildi.

«Anorbank» AJ filial va bo‘linmalarni ochmasdan o‘z faoliyatini raqamli shaklda amalga oshiradi. Ya’ni, bank xizmatlari onlayn tarzda ko‘rsatiladi. Bu esa, o‘z navbatida operatsion xarajatlarini kamaytiradi va iste’molchi uchun bank mahsulotlarining narxini pasaytirishga yordam beradi. Bank va iste’molchi o‘rtasidagi barcha masalalar 24 soat ishlaydigan kontakt markazi orqali hal qilinadi.

Bankka tashrif buyurishni xohlagan iste’molchilar uchun Mirzo Ulug‘bek tumanida mijozlar bilan ishlash markazi xizmat ko‘rsatadi.

O‘QING: O‘zbekiston «Aql markazlari»ning TOP-15 taligi e’lon qilindi