ZTE kompaniyasiga qo‘yilgan taqiq butunlay olib tashlandi, ammo ko‘rilgan zarar oz emas

  •   Saroy
  •  750
  •  14.07.2018 14:37

ZTE kompaniyasiga qo‘yilgan taqiq butunlay olib tashlandi, ammo ko‘rilgan zarar oz emas

AQSh savdo vazirligi Xitoyning  ZTE kompaniyasiga qo‘llagan barcha iqtisodiy  taqiqni olib tashladi. Endi kompaniya AQShdagi faoliyatini bemalol qayta boshlashi mumkin. Aslida bu haqdagi kelishuv bir oy avval imzolangan edi.

Eslatib o‘tamiz, ZTE’ga nisbatan iqtisodiy sanksiya ushbu kompaniyaning Eron va Shimoliy Koreya bilan olib borgan savdo faoliyati uchun qo‘llanilgan edi. Natijada yaqin yetti yil davomida AQSh hududida ZTE kompaniyasining jihozlari va dasturiy ta’minotlari sotilishi taqiqlab qo‘yildi.

AQSh hukumati tomonidan qo‘llanilgan iqtisodiy jazoni bekor qilish uchun ZTE  1 milliard dollar jarima to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, garov tariqasida kompaniyaning bank hisobida 400 million dollar muzlatib qo‘yildi.

O‘QING:AQSh taqiqni bekor qildi: ZTE omon qoladigan bo‘ldi

«Biz taqiqni bekor qildik, lekin departament AQShning barcha qonun va qoidalari so‘zsiz bajarilishini ta’minlash uchun  ZTE’ning kelgusi faoliyatini kuzatib boradi»,- deya ta’kidlanadi AQSh savdo vazirligi tarqatgan bayonotda.

O‘QING:Samsung yana jarimaga tortildi: bu safar naq 400 million dollarga

Sanksiya bekor qilingani haqda xabar tarqalgandan keyin  ZTE aksiyalari 25 foizga ko‘tarildi. Ammo, bu ham AQShda muammo paydo bo‘lishidan oldingi narxga qaraganda ikki barobarga kam.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda,joriy yilning birinchi yarmida kompaniya   1,05–1,34 milliard dollar zarar ko‘rgan.

O‘QING:Apple jarimaga tortildi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!