Yangi iPhone’lar taqdimotdan avval Rossiyada ham savdoga qo‘yildi!

Sankt-Peterburgda bir kishi iPhone Xs Max (iPhone Xs Plus) uchun 250 ming rubl narxida oldindan buyurtma olmoqda. Savdoning birinchi kunidanoq smartfonni qo‘lga kiritish uchun u Gonkongga uchmoqchi.

Ikkita SIM-kartali iPhone’ni allaqachon reklama qilishyapti, narxlari ham ma’lum!

Uyali aloqa operatori e’lon qilgan reklama tasvirida ikkita SIM-karta uyachasiga ega iPhone ko‘rsatilgan. Bugina emas – SIM-kartalarning har ikkalasi 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi!

Hali rasman namoyish etilmagan yangi iPhone’larni hoziroq xarid qilish mumkin!

Quick Mobile do‘konida iPhone Xs modeliga 899 AQSh dollari, iPhone Xs Max Plus’ga esa 999 dollar miqdorida narx belgilangan. iPhone 9 esa birmuncha arzon – 749 dollar turadi.

iPhone Xs va Xs Plus taqdimotiga tayyorgarlikni Samsung may oyidanoq boshlaydi

Samsung may oyida Apple uchun 2-3 millionta displey tayyorlaydi, iyunga borib esa ularni ishlab chiqarish hajmi ikki karraga oshiriladi – oyiga 4-6 million donaga yetkaziladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш