2019 yilgi barcha iPhone’larning kameralari «ko‘rinmas» bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1779
  •  19.04.2019 17:14

2019 yilgi barcha iPhone’larning kameralari «ko‘rinmas» bo‘ladi!

Apple korporatsiyasi bu yil taqdim etadigan ayfonlar haqida turli ma’lumotlar «sizib» chiqishda davom etmoqda. Ularning eng qiziq detallaridan biri, shubhasiz, kameralaridir.

O‘QING: «Jonli» surat: iPhone XI asosiy kamerasi uch modulli bo‘lib, kvadrat blokda joylashadi!

Min-Chi Kuo – kupertinolik korporatsiyaning mahsulotlari haqida to‘g‘ri chiquvchi prognozlari bilan tanilgan tahlilchidir. U kuni kecha iPhone 11 (XI), iPhone 11 Max (XI Max) hamda iPhone 11R (XIR) modellari haqidagi insayderlik ma’lumotlarini oshkor etdi.

Unga ko‘ra, 2019 yilgi iPhone’lar yangilangan TrueDepth kameralar tizimiga ega bo‘lib, ulardagi modullarning tasvir aniqligi yuqori bo‘ladi. Shuningdek, bosh kameralar ham yangilanadi va betakror linza bilan qoplanadi. Natijada kamera «ko‘rinmas» bo‘lib qoladi.

Kuo aniqlashicha, iPhone 11 va iPhone 11 Max flagmanlarining bosh kameralari uchta – har biri 12 megapiksellik modullarni o‘z ichiga oladi. Ulardan biri Sony tomonidan ishlab chiqilgan, super keng burchakli (120-130 darajali) ob’yektivga ega. Nisbatan hamyonbop – 6,1 dyuymlik iPhone 11R modeli esa, original iPhone XR kabi bitta modulli emas, balki qo‘shaloq kameraga ega bo‘lishi mumkin. Ularning ikkalasi ham 12 megapiksellik optik datchiklar bo‘ladi.

Selfi-kameralar masalasiga kelsak, har uchala modelda ham u 12 megapiksellik sensorga ega (iPhone XS va iPhone XS Max’larda – 7 MPlik). Bundan tashqari, avvalgi ayfonlarning old kameralari besh linzali ob’yektivga ega bo‘lsa, yangilarida ular olti linzali bo‘lyapti.

O‘QING: Apple baribir iPhone SE davomchisi – iPhone XE’ni chiqaryapti: narx va jihatlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!