Android uchun eng yaxshi 15 ta fitnes ilova
Sog‘lom turmush tarzida tanani bir meyorda ushlab turish va uni jismonan rivojlantirish uchun doimo jismoniy mashqlar bajarish zarur. Bu semirib ketish, qon bosimining oshishi kabi vaziyatlarning oldini olib, muskullarning rivojlanishi va chiniqishni oshiradi. Agar o‘zingiz fitnes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, bir qancha fitnes ilovalari sizga yordam bera oladi.
O‘QING: O‘z sog‘ligingizga bee’tibor emasmisiz? Unda, siz uchun muhim bo‘lgan 10 ta ilova bilan tanishing!
Bu turdagi ilovalar juda ham takomillashib boryapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Biroq fitnes ilovalarining aksariyati pullik va biroz qimmat tuyuladi. Quyida eng yaxshi fitnes ilovalari bilan tanishamiz.
- Google Fit
- Runtastic apps
- MyFitnessPal
- Leap Fitness workout apps
- Sworkit
- You Are Your Own Gym
- JEFIT Workout Tracker
- Stronglifts 5×5
- Workit
- Nike Run Club
- Runkeeper
- Zombies, Run!
- FitNotes
- Strong Exercise Gym Log
- Fitnes trekerlari
Google Fit
Narxi: Bepul
Google Fit oddiyroq tanlov bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq ilovada ko‘plab servislar mavjud va ulardan foydalanish mutlaqo tekin. Ilova foydalanuvchisi mashg‘ulotlar davomiyligi va balli tizim yordamida jismoniy faoliyatini kuzatishi mumkin. Ilovada, shuningdek, mashqlarni rejalash, maslahatlar bo‘limi hamda Runkeeper, Strava, MyFitnessPal kabi turli xil boshqa ilovalar bilan integratsiya mavjud.
Ilova hatto Wear OS smart soatlar va Xiaomi Mi Bands kabi ba’zi qo‘shimcha qurilmalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Google Fit boshqa bepul ilovalarga qaraganda ko‘p qirrali va bir necha ilovalar bilan integrallasha oladi. Shuning uchun bepul ilovalar orasida Google Fit'ni yaxshi tonlov desak bo‘ladi.
Runtastic apps (Adidas tomonidan ishlab chiqilgan)
Narxi: Bepul/9.99 dollar oyiga/49.99 dollar yiliga
Ertalab yugurishni xush ko‘radiganlar uchun ushbu ilova juda qo‘l keladi. Ilovani ishlab chiqaruvchilar yaqin yillar ichida dasturni yanada boyitishga harakat qildilar. Hozirda Runtastic suv ichishni eslatuvchi funksiya, mashqlarni rejalashtirish funsiyasi va sog‘lom ovqatlanish retseptlarini berib boruvchi funksiyasini taqdim etadi. Shuningdek, ilovada yakkalik mashqlar berib borish va uyquni qayd qilib borish funksiyasi hamda taymer mavjud. Ba’zi imkoniyatlardan foydalanish bepul, ba’zilari uchun bir martalik to‘lov yoki yillik/oylik to‘lovlarini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Ilovada ko‘plab fitnes funksiyalari mavjud.
MyFitnessPal
Narxi: Bepul /9.99 dollar oyiga/ 49.99 dollar yiliga
MyFitnessPal eng ommalashgan fitnes ilovalardan biri. Dastur bir qancha qurilmalar bilan ishlay oladi. Ilova jismoniy mashqlar va kunlik qadamlar sonini qayd qilib boradi. Ilovadan foydalanish bir oyiga 9.99 dollar turadi. Lekin bu narxga bunday integrallashgan va ko‘p funksiyaga ega bo‘lgan ilovani topish biroz mushkul.
Leap Fitness workout apps
Narxi: Bepul / 2.99 dollar
Leap Fitness ilovasining yaratuvchisi Google Play'da bir necha fitnes ilovalarini yaratgan. Ularning barchasi kunlik mashqlarni qayd etib boradi. Home Workout nomli asosiy ilova asosan uyda shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar uchun qo‘l keladi. Shuningdek, ortiqcha vazndan qutilishga ham yordam beuvchi ilova bo‘lib, unda 30 kunlik yugurish, badantarbiya kabi oddiy mashqlar to‘plami mavjud. Ilova qolgan dasturlar qaraganda arzonroq va unga obuna bo‘lish shart emas.
Sworkit
Narxi: Bepul/29.99 dollar har 3 oyda/79.99 dollar bir yilga.
Yana bir yaxshi fitnes ilovalardan biri bu Sworkit. Ilovada mashqlarni rejalash va ularni qayd qilib borish imkoniyati yaratilgan. Mashqlarni kunlik yoki haftalik jadvalda bajarish mumkin. Ilovada bir necha mashqlarning usullari va turlari mavjud. Narxi biroz qimmatroq, lekin ilova ko‘p funksiyaviyligi sabab o‘z narxiga arziydi.
You Are Your Own Gym
Narxi: 4.99 dollar
Uyda shug‘ullanish uchun qulay bo‘lgan ushbu ilova turli xil funksiyalarga ega. Ilova foydalanuvchiga turli xil kategoriyalarda 200 dan oshiq mashqlarni taklif etadi. Mashqlar video orqali namoyish etiladi. Kamchiliklari haqida gap borsa, ilova biroz eskirgan va uning interfeysi biroz tushunarsiz. Biroq undan foydalanish qolgan ilovalarga qaraganda arzonroq.
JEFIT Workout Tracker
Narxi: Bepul/6.99 dollar oyiga /39.99 dollar yiliga
JEFIT mashqlarni o‘rgatiluvchi va ularni qayd qilib boradigan ilova. Ilova asosan bodibyulding bilan shug‘ullanuvchilarga mos keladi. Uning bazasida 1,300 dan ortiq mashq turlari mavjud. Shuningdek, ilovada mashqlarni rejalash imkoniyati ham yaratilgan.
O‘QING: Habib Nurmagomedov Instagram’da o‘ta keskin chiqish qildi
Stronglifts 5×5
Narxi: Bepul/ 9.99 dollar uch oyga / 19.99 dollar yiliga
Stronglifts - bu og‘ir etletikaning 5×5 uslubiga ega bo‘lgan yaxshi mashqlar to‘plamlarini taklif qiluvchi dastur. Ilovada tartiblangan mashq jadvali mavjud. Foydalanuvchi bir haftada 3 marta 45 daqiqa mashqlar bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, ilova mashqlarni qayd etib borish funksiyasi, grafiklarga ega va Wear OS'ni qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha mashqlar og‘ir atletikadagi ommalashgan uslublar hisoblanadi. Qolgan ilovalarga qaraganda Stronglifts'ga obuna bo‘lish arzonroq. Ba’zi mashqlar to‘plami esa bepul.
Workit
Narxi: Bepul / 4.99 dollar
Workit ilovasi mashqlar trekeri bo‘lib, boshqa ilovalardan farqi foydalanuvchi o‘zi xohlagan mashqlarini ilovaga qo‘sha oladi. Shuningdek, kunlik mashqlar jadvalini ham yaratish mumkin. Dastur barcha mashqlarni qayd etib boradi. Ilovaning premium versiyasida tana massasi indeksi kalkulyatori bo‘lib, foydalanuvchi yutuq va kamchiliklarini yozib boradi.
Nike Run Club
Narxi: Bepul
Nike Run Club yana bir ajoyib ilovalardan biri. Ilova orqali foydalanuvchi o‘zining yugurish statistikasini kuzatib borish va kunlik tartibini sozlashi mumkin. Foydalanuvchining bajargan mashqlarini qayd qilib borish bilan bir qatorda ilova unga yutuqlar va yetakchilik ro‘yxatini ko‘rsatadi boradi. Ilovadan foydalanish mutlaqo tekin. Oddiylikni va hech qanday to‘lovlarni to‘lashni xohlamaganlar uchun ushbu ilova mos keladi.
Runkeeper
Narx: Bepul/9.99 dollar oyiga / 39.99 dollar yiliga
Runkeeper eng ommalashgan yugurish ilovasi bo‘lib Runtastic ilovasining asosiy raqobatdoshi. Dastur foydalanuvching qayerda, qancha masofa yugurganini qayd etib boradi. Ilovada xarita mavjud bo‘lib, foydalanuvchi oldindan yugurish manzilini tanlab olishi mumkin. Zombies, Run! ilovasiga o‘xshab Runkeeper foydalanuvchiga interval mashg‘ulotlar va rag‘batlantiruvchi xabarlar jo‘natib boradi. Qolgan ilovalarga qaraganda Runkeeper biroz qimmatroq. Lekin ilovada ko‘plab funksiyalar mavjud.
Zombies, Run!
Narx: Bepul/ 3.99 dollar oyiga /24.99 dollar yiliga
Zombies, Run! - bu qiziqarli ilovalardan biri bo‘lib, yugurishga undaydigan qiziqarli hikoyalar berib boradi. Foydalanuvchi qanchalik ko‘p yugursa, shuncha ko‘p hikoyaning qismlariga ega bo‘ladi. Ilova fitnes mashqlarini ham taklif etadi. Ilovaning pro versiyasi turli xil o‘yin rejimida 300 dan ortiq topshiriq beradi.
FitNotes
Narx: Bepul/4.99 dollar
FitNotes ham fitnes mashqlarini monitoring qiluvchi ilova hisoblanadi. Ilova offlayn rejimida ishlaydi va ro‘yhatdan o‘tishni talab qilmaydi. Ilova kardio va chiniqish mashqlarini berib boradi. Bundan tashqari, mashqlarni rejalashtirish uchun taqvim ham ilovadan o‘rin olgan. Ilova foydalanuvchi interfeysi juda qulay. Hatto ma’lumotlarni Dropbox va Google Drive kabi bulutli xotiralarga yuklash imkoni bor.
Strong Exercise Gym Log
Narxi: Bepul / 4.99 dollar oyiga/ $29.99 dollar yiliga / $99.00 bir umrga
Strong Exercise Gym ilovasi fitnes va mashqlar ratsionini qayd etib boradi. Dastur 5×5 kabi turli xil kunlik ratsionlarni foydalanuvchiga taqdim qiladi. Shuningdek, foydalanuvchi qanday yutuqqa erishganini ilova qaydi yoki tarixidan bilib olishi mumkin. Ilova asosan kardio va chiniqish mashqlarini berib boradi. Ilovaga bir martalik to‘lov qilish bilan undan butun umr foydalanish mumkin. Ilovaning bepul funksiyalari ham bor.
Fitnes trekerlari
Narxi: Bepul/pullik funksiyalari ham mavjud
Xiaomi, Fitbit, Garman brendlarining bir necha turdagi fitnes trekerlari bor. Fitnes trekerlari qadamlar sonini qayd etib borish, qancha masofa bosib o‘tilganligini hisoblab borish, faol harakatlar vaqtini qayd etish va yurak urish tezligini o‘lchash kabi vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari, bu turdagi ilovalar aqlli soatlarda ham ishlaydi. To‘g‘ri, bunday soatlar qimmat bo‘lishi mumkin, biroq treker ilovalardan foydalanish odatda bepul bo‘ladi. O‘zingiz yoqtirgan fitnes trekerini tanlash uchun quydagi havolaga bosing. O‘QING: «Men bilan urishish uchun senga hali ancha bor!» – ikki o‘zbek bokschisi Instagram’da «jang» qildi