Apple AirPower: avstraliyaliklar yangi devaysni «sotib qo‘yishdi»!

  •   DiMaX
  •  762
  •  22.03.2019 15:42

Apple AirPower: avstraliyaliklar yangi devaysni «sotib qo‘yishdi»!

MacRumors nashri jurnalistlari Apple Store onlayn do‘konining Avstraliya versiyasida kupertinoliklarning simsiz quvvatlovchi stansiyasi – AirPower suratini topib olishdi. Kompaniya yaqinda o‘z onlayn-magazinini ushbu gadjet bilan bog‘liq barcha so‘rovlardan tozalagandi, endi esa u haqdagi ma’lumotlarni saytga o‘zi joylamoqda.

O‘QING: Yangi texnologiya: qurilmalar bir-biridan simsiz quvvat oladi

Avvalgi rasmlardan farqli ravishda, bu gal simsiz quvvatlash maydonchasida faqat ikkita qurilma – iPhone XS hamda yangi AirPods tasvirlangan. Garchi AirPower’dan simsiz quvvat ola bilishini kompaniya ta’kidlangan esa-da, negadir yangi press-renderda simsiz quvvatlovchi stansiya ustida Apple Watch smart-soati yo‘q.

Aytish kerakki, AirPower – Apple’ning eng g‘alati tarixga ega devayslaridan biridir. Zero, uni ilk bor 2017 yili – iPhone X hamda iPhone 8 smartfonlari bilan birga taqdim etishgan. O‘shanda Apple bu gadjetini 2018 yili sota boshlashini aytgandi, ammo haligacha savdoga qo‘ymagan. The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning boshidan uni ommaviy ishlab chiqarishga o‘tishgan. Yana ayrim nashrlar AirPower’ning shu yil bahorda bozorga chiqishini aytishgan.

O‘QING: Adashmas bashoratchi Apple bu yil chiqaradigan barcha gadjetlarni ma’lum qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!