AQSh prezidentligiga nomzod Facebook, Google va Amazon’ni parchalab tashlashga so‘z berdi!

  •   DiMaX
  •  1096
  •  11.03.2019 11:45

AQSh prezidentligiga nomzod Facebook, Google va Amazon’ni parchalab tashlashga so‘z berdi!

Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surilgan Elizabet Uorren (Elizabeth Warren) antiqa bayonot bilan chiqish qildi. Medium saytidagi postida u yirik texnologik kompaniyalarni qismlarga bo‘lib yuborishini aytgan.

O‘QING: Apple rahbariga Donald Tramp «yangi familiya tayinladi»! (+«jonli» video)

Uorren xonim o‘z postida Facebook, Google va Amazon kabi internet-kompaniyalarni nega parchalab yubormoqchi ekanligiga oydinlik kiritgan. Jumladan, siyosatchi ularni o‘zlarining ulkan resurslarini o‘yin maydonini shakllantirish va potensial laqobatchilarini sotib olish maqsadida ishlatishda ayblagan.

Ushbu kompaniyalarning ta’siriga qarshi turish uchun Elizabet Uorren ikkita yo‘l borligini aytgan. «Avvalo, mazkur kompaniyalarning bir vaqtning o‘zida xizmatlar platformasiga ega bo‘lishi va ushbu platformaning istalgan ishtirokchisiga egalik qilishi taqiqlanadi», deydi senator. Ikkinchidan, yirik texnologik kompaniyalar o‘zining ehtimoliy raqobatchilarini qo‘shib olishi (sotib olishi) man etiladi. Uorren bunday amaliyotlarga misol qilib Amazon tomonidan Whole Foods Market kompaniyasining sotib olinishi, Facebook tomonidan Instagram servisining xarid qilinishini keltirgan. Siyosatchining fikricha, bu kabilar raqobatning oyog‘iga bolta urgan.

O‘QING: Javob yurishi: endi Huawei kompaniyasi AQSh hukumatini sudga beryapti!