Bitkoin narxini 5000 dollarga oshirgan Ilon Mask endi boshqa kriptovalyutani «kosmosga uchirdi»

  •   DiMaX
  •  698
  •  05.02.2021 14:34

Bitkoin narxini 5000 dollarga oshirgan Ilon Mask endi boshqa kriptovalyutani «kosmosga uchirdi»

Dunyodagi eng badavlat kishilardan biri, tadbirkor va ixtirochi Ilon Mask yaqinda o‘zining Twitter tarmog‘idagi bitta chiqishi bilan bitkoin narxini yana 5000 dollarga oshirib yuborgan edi. Keyin esa ushbu kriptovalyuta borasida bitta afsusini bildirgan.

O‘QING: Maymunni chiplashtirib videoo‘yin o‘rgatgan Mask endi odamlarni chiplashtirish muddatini aytdi

Ilon Mask endi o‘zining bir qator tvitlari bilan boshqa bir – Dogecoin nomli kriptovalyuta kursini oshirib yubordi. Uning bir qator postlari bir qarashda mazmunsiz, lekin kriptovalyutaning «kosmosga uchishi»ga (kriptoinvestorlar va maynerlar shunaqa deyishadi) sabab bo‘ldi.

Biznesmen oldin shunchaki mashhur mem orqali tanilgan Doge laqabli kuchuk haqida yozdi (Dogecoin kriptovalyutasi aynan uning nomi bilan atalgan). Keyingi tvitida esa Oy fonida uchib ketayotgan raketa suratini ulashdi. Shundan so‘ng «Qirol sher» multfilmidagi lavha asosida tayyorlangan, Simba o‘rniga Doge’ni o‘zi ko‘tarib turgan suratni joyladi. Keyin esa biryo‘la Dogecoin’ni «xalq kriptovalyutasi», deb e’lon qildi.

Maskning g‘alati tvitlari fonida Dogecoin’ning bozor qiymati taxminan ellik foizga oshdi. Umuman, oxirgi bir haftada bu kriptovalyuta naq 6,5 baravarga qimmatlashdi, bunga Reddit forumidagi bir nechta hamjamiyatlar foydalanuvchilari ham hissa qo‘shgan. Yuzerlar ommaviy tarzda Dogecoin sotib olishga kirishib ketishgan, natijada uning narxi ham oshishda davom etmoqda.

O‘QING: Toshkentda naq 3 million dollarlik Bitcoin sotgan shaxs qo‘lga olindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!