«Google qabristoni»ga bir nazar: unda nimalar «dafn etilgan»?

  •   DiMaX
  •  1977
  •  27.03.2019 11:24

«Google qabristoni»ga bir nazar: unda nimalar «dafn etilgan»?

Tez orada – 2019 yilning 2 aprelida qidiruv giganti o‘zining Google+ ijtimoiy tarmog‘ini, shuningdek Inbox nomli pochta kliyentini to‘xtatadi. Umuman, Google kompaniyasining muvaffaqiyatli chiqmagan va «o‘limga mahkum bo‘lgan» loyihalari ko‘p.

O‘QING: iPhone’lar qabristoni: eski smartfonlarni nima qilishadi (+video)?

Kodi Ogden (Cody Ogden) ismli dasturchi shu masalaga jiddiy yondashib, Google eski loyihalarining o‘ziga xos «raqamli qabristoni» – Killed By Google saytini yaratdi. Unda qidiruv giganti ishlab chiqarishdan olingan qurilmalari, shuningdek, yopilgan veb-servislari ko‘rsatilgan. Mahsulotlardan har birining qisqa tavsifi va tarixi berilgan; nomiga o‘rnatilgan havola esa sizni shu loyiha haqida batafsil ma’lumot beruvchi saytga yo‘naltiradi.

Killed By Google sayti ochiq chiqish kodiga ega bo‘lib, ayni damda unda umumiy miqdorda 150 ta «dafn etilgan» Google mahsuloti ko‘rsatilgan. Shulardan 127 tasi servislar, 11 tasi ilovalar va 12 tasi har xil devayslardir. Agarda Google hozir 20 yoshda ekanini hisobga olsak, u o‘rta hisobda yiliga yettita mahsulotini «narigi dunyoga ravona qilgan» ekan.

Agarda qiziqsangiz, qidiruv gigantining «qabriston»iga nazar solish uchun mana bu havola orqali Killed By Google saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Yangi texnologiya qadimiy piramida ostidan «narigi dunyoga yo‘l» topdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.