Google tugmachali telefonlar uchun ham Android operatsion tizimini tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  1403
  •  26.04.2019 17:42

Google tugmachali telefonlar uchun ham Android operatsion tizimini tayyorlayapti!

Hozirda eng keng tarqalgan mobil operatsion tizim Android hisoblanadi – u bozordagi barcha smartfonlarning to‘rtdan uch qismiga o‘rnatilgan. Ammo Google bu natija bilan ham cheklanib qolmoqchi emas...

O‘QING: Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

Qidiruv giganti hozirda Android operatsion tizimining boshqacha versiyasini tayyorlamoqda va u sensor ekranli smartfonlarga emas, balki tugmachali telefonlarga o‘rnatiladi. Quyida shunday tizimda ishlayotgan qurilma ekranidan keltirilgan bo‘lib, unda tizimning holat qatorida Android Oreo uslubidagi tizim belgichalari aks etgan:

Aftidan, Chrome brauzerining ushbu versiyasi sensor navigatsiyasiz Android Oreo operatsion tizimida ishlaydi. Taxminlarga ko‘ra, Google tugmachali telefonlarga mo‘ljallangan yangicha Android tizimini KaiOS operatsion tizimiga raqobatchi sifatida maydonga tushiradi. Masalan, KaiOS tizimli «bananofon» – tugmachali Nokia 8110 (sotib olish) telefonida endi WhatsApp va Facebook ham ishlaydigan bo‘lgan.

Tugmachali telefonlarga mo‘ljallangan Android haqda kelasi oyning boshida bo‘lib o‘tadigan Google I/O anjumanida batafsilroq ma’lumot berilishini kutamiz.

O‘QING: «Google qabristoni»ga bir nazar: unda nimalar «dafn etilgan»?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!