iOS 12 yangilanishi boshlandi: endi eski iPhone’larga ham jon kiradi

  •   Saroy
  •  1141
  •  18.09.2018 11:17

iOS 12 yangilanishi boshlandi: endi eski iPhone’larga ham jon kiradi

Apple kompaniyasi iOS 12 mobil tizimidagi yangi versiyani tarqata boshladi. Agar smartfon yoki  planshetga yangilanishni yuklab olish taklifi hali kelmagan bo‘lsa, u holda sozlagichga kirish kerak. Asosiy punkt («Osnovnie») ni ochib,  u yerdan  Dasturiy ta’minot yangilanishini («Obnovleniye PO») topish lozim.

Yangilanish  butun dunyo bo‘ylab barcha uchun asta sekin tarqalmoqda, shu bois ko‘pchillik hali ozroq kutib turishga to‘g‘ri keladi.  Hozircha yaxshisi, vaqtdan foydalanib  “bulut” tizimida zaxira nusxani qilib qo‘yish kerak yoki iTunes orqali kompyuterga joylashtirib qo‘yish kerak. Shuningdek, qurilmangizni 50 foizgacha quvvatlantirib qo‘yish esingizdan chiqmasin, zaryadkaga ulab qo‘ysangiz yana ham yaxshi bo‘ladi.

O‘QING:Diqqat! MEIZU yangilanish e’lon qildi

Xush, yangilanishni qaysi qurilmalar qabul qiladi?

Apple har doim eski qurilmalarini qo‘llab quvvatlab kelishi bilan maqtovga sazovor, yangi iOS 12 esa barcha smartfon va planshetlar uchun  bemalol, xuddi o‘tgan yilgi iOS 11 kabi. Kompaniya hatto o‘zining eski iPod touch’ning 6 avlodini ham esdan chiqarmadi

Qurilmalar ro‘yxati:

  • iPhone— 5s va yangisi;
  • iPad— mini 2/3/4, Air va Air 2, iPad (2017 va 2018) hamda barcha Pro-modellar.

Yangilanishning asosiy «ustunligi» ishlash samaradorligining oshishi bo‘ldi, ayniqsa, bu eski qurilmalar uchun juda dolzarb hisoblanadi.  iOS 12'ni sinov testlari shuni ko‘rsatmoqdaki, dasturchilar optimallashtirish ustida yaxshigina ishlashgan, shunday ekan hatto  iPhone 5s ham ancha chaqqon ishlaydigan bo‘lib qoldi.

O‘QING:Samsung planshet va smartfonlarining 2019 yilda Android 8 Oreo’gacha yangilanish jadvali

Optimallashishdan tashqari, bildirishnoma uchun ham yangi imkoniyatlar paydo bo‘lgan. Endi bitta ilovadan bildirishnomalar bitta varaqaga guruhlanadi. Yana halaqit bermang («Ne bespokoit») rejimi ham oxirigacha ishlangan, smartfon barcha bildirishnomalarni hatto bloklangan ekranda ham yashira oladi. Qolaversa, yangilanishda avtonomlik ustida ham ish olib borilgan.

O‘QING:Microsoft Windows 7 uchun pullik yangilanishni joriy qilmoqda