LG’dan besh kamerali smartfon: narxi oshkor bo‘ldi

  •   Saroy
  •  2427
  •  07.07.2018 17:53

LG’dan besh kamerali smartfon: narxi oshkor bo‘ldi

LG V40 ThinQ smartfonining namoyish qilinish sanasi va narxi biroz oydinlashdi. Ushbu xabarni kompaniyaning o‘zi rasman bermagan bo‘lsa-da, PhoneArena resursida bu haqda  aniq yozildi.

LG V10, V20 va V30 larning chiqish tarixiga asoslanib, manba  LG V40 ThinQ’ning anonsi shu yil 31 avgustdan 5 sentyabrgacha Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2018 ko‘rgazmasida uyushtirilishini bashorat qilmoqda.  Taqdimot marosimi 31 avgust yoki sentyabrning birinchi haftasida bo‘lib o‘tsa,  21 va 28 sentyabr oralig‘ida sotuvga start beriladi.

O‘QING:AQShda iPhone’dan keyingi ommabop smartfon brendlari aniqlandi

Yangi qurilmaning taxminiy narxi  chiqqan vaqtida 899 dollar turadi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili  IFA 2017 ko‘rgazmasida debyut qilgan LG V30  savdo boshlangan kunlari  799 dollar turgandi.

Dastlabki mish-mishlarga qaraganda, kod nomi Storm deb atalgan LG V40 ThinQ  kompaniyaning bir yo‘la beshta kameraga ega bo‘lgan ilk qurilmasi bo‘ladi. Ularning ikkitasi old kamera va uchtasi asosiy kamera.

O‘QING:Bir ob’yektivli Galaxy S8 bosh kamerasi “qo‘sh ko‘zli” LG G6 va iPhone 7 Plus’ga qarshi

Smartfon  iPhone X’dagidek qirqmali va juda ixcham. Dizayniga qarasangiz LG G7’ning katalashgani ko‘z oldingizga keladi.  Qurilmaning yuragi Qualcomm Snapdragon 845 protsessori hisoblanadi. Shuningdek,  Hi-Fi-chip Quad DAC va Google Assistant ovozli yordamchini ishga tushirishga mo‘ljallangan maxsus tugma bilan ta’minlangan. Barmoq izlari skaneri orqa panelga o‘rnatilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!