Meizu 16 taqdimotida Meizu Gravity kolonkasi ham namoyish qilinadi

  •   Saroy
  •  678
  •  30.07.2018 17:56

Meizu 16 taqdimotida Meizu Gravity kolonkasi ham namoyish qilinadi

2016 yilda Meizu simsiz Gravity kolonkasini chiqarish uchun 100 000 dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘a olgan edi. Garchi mablag‘larni qaytarib berishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, ammo loyihaning o‘zidan voz kechilmadi. Endi ushbu qurilma ham  Meizu 16 flagmonlari seriyasining taqdimotida birga namoyish qilinadi.

Meizu Gravity assimetrik dizayn va orgshishadan yasalgan  shaffof yostiqchaga  ega bo‘ladi. Natijada shunday tasavvur uyg‘onadiki, kolonka go‘yo havoda uchib yurgandek tuyuladi. Yana bir ustun tomoni proyeksion ekrani bo‘ldi. Unda trek haqidagi ma’lumot aks etadi. Rasmiga qarab aytish mumkinki, yaqindagina kompaniya vitse-prezidenti va Flyme rahbari Yan Yanning aytganidek, qurilmaning tashqi tomoni o‘zgarmagan.

O‘QING:Samsung ham «aqlli» kolonka ishlab chiqarishini tasdiqladi

Yangi qurilma yaponiyalik dizayner Kose Suboi (Kosho Tsuboi) bilan hamkorlikda ishlangan. Meizu Gravity  1.25-dyuymli dinamik bilan  ta’minlangan, bir juft passiv NCh-nurlantirgichi va smartfonda musiqani qo‘shadigan Bluetooth-moduli ham bor, ammo ichki akkumulyatori yo‘q. Akustik tizimning kuchi 20 Vt bo‘lib oddiy elektr tarmog‘ida ishlaydi.

Kolonka taxminan 200 dollar atrofida narxlansa kerak.

Meizu 16 flagmani va Meizu Gravity kolonkasining taqdimoti 8 avgustda bo‘lib o‘tadi.

O‘QING:Huawei uchta smart-kolonka taklif etmoqda